Sеminаr mаshg’ulоtlаrining tа’lim tехnоlоgiyasi jаmlаngаn



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/174
Sana18.08.2021
Hajmi2,18 Mb.
#150276
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174
Bog'liq
arxeologiya

 
2-ilova 
Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun  5 dan 2 ballgacha qo’yiladi. Reyting 
bo’yicha natijalar bahosi: 
5 ball  -  «a’lo» 
4 ball  -  «yaxshi» 
3 ball  -  «qoniqarli» 
 2 ball  -  «qoniqarsiz» 
3 ilova 
1 reja 
Temir  davri  boshlarida  Qozog’iston  cho’llari  va  Qora  dengiz  bo’ylari  dashtlarida 
ko’chmanchi  chorvador  qabilalar  iste’qomat  qilishgan.  Ular  grek  yozma  manbalarida  skiflar  deb 
berilsa, eron  yozuvlarida  saklar,  Avestoda  esa  turlar tarzida berilgan.  Grek manbalarida  skiflarning 
turmush  tarzi  va  urf-odatlari  haqida  to’liq  ma’lumot  berilgan.  Ulardan  moddiy  yodgorlik  sifatida 
mozor–qo’rg’onlari  saqlanib  qolgan.  Mozor-qo’rg’onlarning  tagida  chuqurlar  yoki  katakombalar 
bor.  Ularda  cho’ziltirib  ko’milgan  o’liklar  bor.  Bronza  davrda  ko’chmanchi  qabilalarda  mulkiy 
tabaqalanish  bo’lmagan.  Lekin  temir  davrida  bu  xol  yaqqol  ko’rinadi.    Katta  hajmdagi  mozor 
qo’rg’onlar  badavlat  aholiga  tegishli  bo’lib,  u  yerdan  qurol  aslaxa  va  turli  qimmatbaho  buyumlar 
topilgan.  Kichik  mozor–qo’rg’onlarda  esa,  ma’lum  miqdorda  o’qlar  va  zeb–  ziynatlar  bor, 
ba’zilarida esa umuman uchramaydi.  
Skiflar,  Geradotning  xabaricha,  qilichga  sig’inishgan,  hatto  unga  qurbonliklar  keltirishgan. 
Ularning  qilichi  temirdan  yasalib,  dastasining  boshi  yoysimon  qilib  qayirligan,  dastaning  tagi  esa, 


 
51 
kapalak  qanotlariga  o’xshash  gulband  qo’yilgan.  Ammo,  skiflar  o’q–yoyni  ishlatishda  juda  moxir 
bo’lishgan.  O’qlari  bronzadan  ishlangan  va  uch  qirrali  bo’lgan.  Bunday  o’qlar  ilk  temir  davrida 
SHarqiy Yevropa, Sibir` va O’rta Osiyoning juda ko’p yerlaridan topilgan.  
Skiflarning sopol idishlari qo’lda ishlangan. Naqshi bo’lmagan, tagi yassi bo’lib, turlari ko’p 
bo’lgan.  
Geradot skiflarning ko’mish marosimini to’liq tasvirlab bergan, buni arxeologik ma’lumotlar 
ham  tasdiqlaydi.  Skif  podshosi  qaerda  o’lsa  xam,  uni  Dneprning  ostonalaridan  pastroqdagi  Gerri 
degan  joyga  olib  borib  ko’mishgan.  Bu  joydan  g’oyat  boy  skif  qabrlari  topilgan.  Lekin  ularning 
barisi talab ketilgan.  
Gerodotning  xikoyasi  bo’yicha,  qabrga  podshoning  ayollari,  jangchilari,  qullari,  otboqarlari 
va otlari o’ldirilib birga ko’milgan. SHuningdek, bu yerda ularning diniy e’tiqodi bilan bog’liq turli 
xayvonlarning  oltin  haykalchalari  (bug’u  tasviri  ko’plab  topilgan),  kumush  idishlari  va  sopol 
buyumlari  xam  qo’yilgan.  Soloxa,  CHertomlik,  Kuloba  mozor–qo’rg’onlari    bularga  misol  bo’la 
oladi.  Jumladan  quyi  Dnepr  bo’yidagi  CHertomlik  mozor–  qo’rg’onining  balandligi  20  metr, 
aylanasi esa, 350 metr bo’lgan.  
        Rossiya xududida mil.av VII–II asrlarga oid Volga, Oka daryolari bo’ylarida D`yakovo 
shahar xarobalari va Kama bo’yidan Anan`ino shaxar xarobalari topilgan. Bu yerning axolisi asosan 
chorvachilik (yilqichilik), qisman dehqonchilik bilan shug’ullangan.   
D`yakovo  yodgorligidan  yerto’lalar,  temir  o’roqlar,  yorg’uchoqlar,  urchuqtoshlar  topilgan. 
Bu  yerdan  asosan  suyakdan  ishlangan  mehnat  qurollari  topilgan.  Anan`no  yodgorligidan  esa,  katta 
urug’ iste’qomat qilgan uzunasiga solingan uylar qoldig’i topilgan. Ularning dafn marosimlari axoli 
o’rtasida mulkiy tabaqalanish boshlanganligini ko’rsatadi.  Boylarning qabrlarida turli zeb-ziynatlar, 
qurol  yarog’lar  bor.  Oddiy  odamlarilarnikida  esa  bunday  buyumlar  kam  uchraydi,  ba’zilarida  esa 
umuman yo’q.   

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish