Elektr tokini
uzatish
Elektr tokini uzatish — elektr st-yasidan
elektr energiyasini muayyan masofaga
elektr uskunalari va qurilmalari
yordamida yetkazib berish. Elektr tokini
uzatish u. qurilmalariga kuchlanishni
kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi
transformatorlar, tayanchlarga
tortiladigan simli va yerga koʻmiladigan
kabelli elektr uzatish liniyalari, avariyaga
qarshi va himoyalash avtomatika
apparatlari kiradi. Energiya liniya orqali
uzatilayotganda sim qarshiligini yengish
uchun energiyaning maʼlum qismi
yoʻqoladi. Energiyaning yoʻqolish miqdori
tok kuchi kvadratiga va simning
qarshiligiga mutanosib (proporsional)
boʻladi. Sim qarshiligini kamaytirish
uchun uning diametrini oshirish zarur.
Simni tejash uchun Elektr tokini uzatish u.
liniyalari boshiga kuchlanishni
kuchaytiruvchi transformatorlar, oxiriga
ega pasaytiruvchi transformatorlar
oʻrnatiladi. Natijada uzatilayotgan quvvat
(energiya) oʻzgarmaydi, kuchlanish
qancha koʻpaysa, liniyadan oʻtayotgan
tok kuchi shuncha kamayadi. Liniyaning
energiya oʻtkazuvchanlik imkoniyati
kuchlanish kvadratiga toʻgʻri, liniyadagi
energiyaning yoʻqolishi esa kuchlanish
kvadratiga teskari mutanosib boʻladi.
Uzatish liniyalarining kuchlanishi uzatish
masofasiga, uzatilayotgan elektr
quvvatiga bogʻliq.
Uzatish liniyalari yer osti yoki suv osti
kabellari va havo liniyalari shaklida
qurilishi mumkin. Kabelli elektr uzatish
liniyalarida energiya oʻtkazuvchanlik
imkoniyati liniyaning aktiv qarshiligi bilan,
havo liniyalarida esa induktiv qarshilik
bilan cheklanadi. Amalda havo
liniyalarining induktiv qarshiligi aktiv
qarshiligidan bir necha marta katta
boʻladi. Shu sababli ham ancha uzoq
masofaga oʻta katta quvvatni uzatish
uchun oʻzgaruvchan tok havo liniyalarida
induktiv qarshilik taʼsirini kamaytirish
choralari koʻriladi: sinxron yoki
kondensatorli kompensatorlar, liniyaga
parallel ulanadigan induktiv qarshilik —
drossellar, liniyaga ketmaket ulanadigan
sigʻimli qarshilik — kondensator
batareyalari qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchan
tok uzatish liniyalari albatta uch fazali
boʻladi. Elektr energiya uzatish liniyalari
faqat oʻzgaruvchan tokda emas, balki
oʻzgarmas tokda ham elektr uzatishi
mumkin. Liniya orqali uzatiladigan quvvat
tokning quchlanishiga va liniyaning
uzunligiga bogʻliq.
Elektr tokini uzatish u. liniyalari musbat
va manfiy qutb simlaridan iborat boʻladi.
Liniyada yuqori kuchlanish boʻlishi uchun
liniya boshidagi transformatorlar
kuchaytirilgan oʻzgaruvchan kuchlanishni
toʻgʻrilagichlar yordamida oʻzgarmas
tokka aylantiradi. Liniya oxirida invertorlar
yordamida oʻzgarmas tok oʻzgaruvchan
tokka aylantiriladi, soʻngra
transformatorlar yordamida yana past
kuchlanishga oʻtkaziladi va
isteʼmolchilarga yuboriladi (qarang Elektr
tarmogʻi, Elektr taʼminoti).
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Elektr_tokini_uzatish&oldid
=2002189
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |