40. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish:
soliqlar va yig‘imlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydigan yakka
qat’iy belgilangan soliqlarni to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ushbu bobda
41. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisobvarag‘i yopilganligi to‘g‘risidagi tijorat bankining
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ faoliyatni ixtiyoriy to‘xtatish to‘g‘risida ariza
tushganidan so‘ng bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga Tizim orqali uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha
qarzi yo‘qligini, shuningdek, tijorat bankida hisobvaraq ochmaganligini (hisobvaraq ochilmagan
deb ko‘rsatilgan bo‘lsa) tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi
so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazuvchi
organga xabarnoma yuboradi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
43. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ quyidagi hujjatlar tushganidan keyin bir ish kuni
mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni
davlat reyestriga kiritadi:
ushbu Nizomning
41-bandida
ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning
42-bandida
nazarda tutilgan
xabarnomasi.
44. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini
to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir
ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsga (vakiliga) beriladi yoki pochta orqali
jo‘natiladi.
45. Tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv
davlat reyestriga kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ uch ish kunida:
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs faoliyati
to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida Tizim orqali xabardor qiladi;
faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxsning muhr va shtamplarini
(agar mavjud bo‘lsa) yo‘q qiladi;
litsenziya va ruxsatnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ularni bergan organlarga yuboradi.
46. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar
oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod
qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: