Gidrogenlangan moylar. Bu moylar xossalari bilan kakao moyiga yaqin
tursada bir qancha kamchiliklarga ega. 1934 yilda A.G.Bosin gidrogenlangan
moylarni parafin bilan birgalikdagi qotishmasi – butirolni shamcha asosi sifatida
foydalanishni taklif etdi. Shuningdek bugungi kunda kakao moyining o‘rnini
bosuvchi gidrogenlangan moylarni xar xil moysimon moddalar bilan xosil qilgan
qotishmalari, emulgatorlar yoki uglevodorod maxsulotlaridan shamchalarni
korxona sharoitida ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Misol
tariqasida Nijniynovgorod kimyo farmatsevtika ishlab chiqarish korxonasida
shamcha tayyorlashda ishlatilayotgan bir nechta asosni keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |