Energetik funksiya. 1 g oqsil to‘liq
oksidlanganda 4,1 kkal yoki 17,6 kJ energiya
ajraladi.
Nuklein kislotalar. Nuklein kislotalar
polimerlar bo‘lib, ularning monomerlari
nukleotidlar hisoblanadi. Har bir mono-
nukleotid 3 ta komponentdan tuzilgan: azotli
asos (10-rasm), monosaxarid (11-rasm), fosfat kislota qoldig‘i.
DNK tarkibiga kiruvchi nukleotidlar dezoksiribonukleotidlar, RNK
tarkibiga kiruvchi nukleotidlar ribonukleotidlar deb yuritiladi (12–13-rasmlar).
Dezoksiribonukleotid
Ribonukleotid
12-rasm. DNK va RNK nukleotidlarining umumiy ko‘rinishi.
Nukleotidlar hujayrada erkin shaklda ham uchraydi va juda ko‘p
fi ziologik jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. ATF (adenozintrifosfat), ADF
(adenozindifosfat), AMF (adenozinmonofosfat) shular jumlasidandir.
Dezoksiriboza
Riboza
11-rasm. Pentozalar.
29
DNK nukleotidlari
RNK nukleotidlari
Do'stlaringiz bilan baham: |