Kodon (yoki triplet) – sintezlanayotgan oqsilga kiritiladigan qat’iy ma’lum bir
aminokislotani kodlaydigan uchta nukleotid ketma-ketligi.
Kodominantlik – geterozigota organizmda belgining yuzaga chiqishida har
ikkala allelning ishtirok etishi.
Konvergensiya – qarindosh bo‘lmagan turlarda o‘xshash muhit sharoitlarida
yashashga moslanish sifatida o‘xshash belgilarning mustaqil holda rivojlanishi.
Lizis – lizosoma yoki boshqa agentlardagi erituvchilik xususiyatiga ega bo‘lgan
fermentlar ta’sirida hujayralarning yemirilishi yoki erib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |