Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar).
Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi
Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon
odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo bo‘lgan.
Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm
3
, iyagi bo‘rtib
chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan,
tanasining tuzilishi bo‘yicha kromanyonlar hozirgi odamlardan farq
qilmaganlar. Kromanyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar,
uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini
ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan
shug‘ullana boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |