Fiziologik mezon bir turga mansub individlarda hayotiy jarayonlar:
oziqlanish, nafas olish, ayirish, o‘sish, ko‘payish, rivojlanishning o‘xshashligini
aks ettiradi. Aslida har xil tur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa
ham nasl bermaydi yoki nasli bepusht bo‘ladi. Turlarning chatishmasligi
jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko‘payish muddatlarining turlicha bo‘lishi
va boshqa xossalari bilan izohlanadi. Lekin tabiatda ayrim turlar, masalan,
kanareykalarning har xil turlari, terak va tollar, it va bo‘ri o‘zaro chatishishi
hamda nasl berishi mumkin. Bu o‘z-o‘zidan fi ziologik mezon ham turlarning
bir-biridan farq qilishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |