Tuxumda rivojlanish sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar va tuxum
qo‘yuvchi sutemizuvchilarda kuzatiladi. Ularning tuxum hujayrasida sariqlik
ko‘p bo‘ladi va embrion uzoq vaqt tuxum ichida rivojlanadi.
Bachadonda rivojlanish. Odam va yuksak sutemizuvchilarda ona qornida
rivojlanish kuzatiladi. Urugʻlangan tuxum – tuxum yoʻlida rivojlanadi, bunday
holatda embrion bilan ona organizm oʻrtasida yoʻldosh orqali bogʻlanish
yuz beradi. Embrionning barcha hayotiy jarayonlari (oziqlanish, nafas olish,
ayirish) yo‘ldosh orqali ona organizmi hisobiga ta’minlanadi. Bachadonda
rivojlanish embrionning tug‘ilishi bilan tugallanadi.
Ontogenez asosan ikki davrga bo‘linadi: embrional rivojlanish davri,
postembrional rivojlanish davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |