Qishloq xo'jalik ishlari. Dekabr oyida paxta dalalarida «oq oltin»ning oxirgi
qoldiqlari yig'ishtirib olinadi, g'o'zapoyalar yig'ib olinib, yerga o'g'it solib, shudgor
qilinadi. Ba'zi joylarda zarur bo'lgan hollarda yaxob suvi berilib, yerning sho'ri
yuviladi.
Bog'larda daraxtlarni butash, atroflarini yumshatish va qator oralarini haydash,
shuningdek, zarakunandalarga qarshi kurash ishlari davom ettiriladi.
Yanvar oyida parniklarda ertangi sabzavotlar rediska, pomidor, bodring, karam
va boshqa o'simliklar ko'chatlarini yetishtirish boshlanadi. Yetishtirilgan ko'chatlar
parnik yoki issiqhonalarga o'tqaziladi. Bundan keyin bevosita dalalarga ekiladigan
ko'chatlar tayyorlanadi.
Issiqhona va parniklarda fevral oyida ertangi pomidor, bulg'or qalapmiri,
baqlajon va boshqa sabzavot o'simliklarining ko'chatlarini yetishtirish uchun
sabzavot urug'lari ekish davom etadi. Fevral oyida parniklarda ba'zi bir gul
ko'chatlari yetishtirish uchun: chinnigul, qo'qongul, sambittol, petuniya (gullari
kattakatta bog' o'simligi), xushbo'y tamaki, siniya (qizil gulli xona o'simligi),
ajdarog'iz (yirik gulli o'simlik) va boshqa gullarning urug'lari ekiladi. Parnik va
issiqxonalarda ertangi rediska, bodring, ertangi karam va boshqa sabzavotlar
o'stiriladi. Iliq kunlar bo'lganda bolalar bog'chasi hovlisida rediska urug'i sepiladi.
Bunda bolalar ham qatnashadilar.
Ana shu vaqtda ko'chalar, istirohat bog'larini obodonlashtirish ishlari
boshlanadi, har turli daraxtlar: eman, chinor, qayrag'och, kashtan (qora qayinlar
oilasiga mansub daraxt va shu daraxting yong'og'i), shumtol daraxtining barcha
turlari, teraklarning barcha turlari, oq akatsiya, zarang, gledichiya, aylant, qora tol
va boshqa daraxt ko'chatlari ekiladi.
Ko'chalarni ko'kalamzorlashtirishda shu narsani esda tutish kerakki, hatto tez
o'sadigan daraxt ko'chatlari ham kamida 5—6 yil o'tgandan keyin chiroyli manzara
beradi, sekin o'sadigan daraxt ko'chatlari esa oradan 10—12 yil o'tgandan keyingina
dekorativ manzara kasb etadi. Gullaydigan va dekorativ butalar ikkinchi yili va hatto
o'tqazilgan birinchi yiliyoq ko'kalamzor ko'rinishini beradi. Mana shuning uchun
ham birinchi yili zarang, shumtol singari tez o'sadigan daraxtlar va ko'chatlarni
o'tqazish, keyingi yillarda esa, shar tusidagi va piramida sifat qayrag'och, shuningdek,
sekin o'sadigan eman, kashtan singari daraxtlarning ko'chatlarini o'tqazish tavsiya
qilinadi.
Fevral oyida legistrum (jonli devor), buldonej, nastarin, shumtol (oq xushbo'y
gulli daraxt), jasmin (xo'shbo'y oq gulli o'simlik) daraxtlarining qalamchalari
o'tqazila boshlaydi.
Agar bolalar bog'chalari hovlilarida tut daraxtlari bo'lsa, bu holda daraxt
taglarida qishlagan tut zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi. Fevral oyida
g'umbaklardan chiqqan to'q kul rangdagi ona qurtlar barglarga tirmashib chiqib,
daraxt tanasidagi yoriq joylarga tuxum qo'yadilar. Kapalak qurti tut daraxtining
po'stlog'i va barglarini yeydi. Tut daraxtlarining ommaviy ravishda ko'karishiga zarar
yetkazuvchi hasharotlarni yo'qotish uchun har bir daraxtga 3—4 litrdan 5%li
geksaxloran sepiladi.
Agar havo issiq kelsa, fevral oyida ham ekin ekishga kirishish mumkin. Bunda
donli ekinlar va yer ishlari uchun juda qimmatli bo'lgan o't o'simligi — bedani ekish
mumkin. Beda ko'p yillik dukkakli o'simlikdir. Yaxshi parvarish qilinganda uni
yiliga 4—5 marta o'rib olish mumkin. U mollarga to'yimli ozuqa sifatida beriladi.
Bundan tashqari, beda ekilgan tuproqning tuzilishi o'zgaradi va yerning hosildorligi
ortadi.
Pedagogik vazifalar: maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni yil
fasllari bilan tanishtirish mazmuni to’g’risida tushuncha beradi.
O’qitish vositalari: tarqatma
materiallar, plakatlar, slaydlar, ko’rgazmali
qurollar.
Oq’itish usuli va shakli: ma’ruza, aqliy hujum, nazorat savollar,
topshiriqlar, BBB jadvali
O’qitish sharoiti: texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
Monitoring va baholash: Og’zaki nazorat, savol javob,
reyting tizimi
asosida baholash