4.Iqtisodiy geografik rayonlarning asosiy ko’rsatkichlari
1.Toshkent (poytaxt) iqtisodiy rayoni. Maydoni 15,6 ming km2 (3,5%)1 va
aholisi 4674,9 ming kishi (18,4%)2 (2007 y).
O’zbekistondagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan industral-agrar rayon.
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti qiymatining 23,8% (Toshkent shahriga-14,0% va
Toshkent viloyatiga 9,8%) to’g’ri keladi. Ko’mir qazib chiqarish (Angren) va rangli
metallar qazib chiqarish va uni yeritish (Olmaliq, CHirchiq), qora metallurgiya
(Bekobod), mashinasozlik (Toshkent CHirchiq), ximiya (Toshkent, CHirchiq,
Olmaliq), qurilish materiallari (Toshkent, Ohangaron, Angren, CHirchiq), Yengil
(to’qimachilik, poyabzal, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati, qog’oz ishlab chiqarish va
mahalliy sanoat rivojlangan. Yuqori malakali ishchi kuchi, muhandis-texnik xodimlar
to’plangan. Fan (ilmiy-tadqiqot institutlari, tajriba-konsruktorlik buyurolari,
loyihalash tashkilotlari) va madaniyat markazi. Bozor munosabatlarining rivojlanish
jarayonida xalqaro andozalardagi bank, moliya-kredit va sug’o’rta institutlari
shakllandi. Toshkent shahri (2,2 mln ortiq aholi yashaydi) mamlakat poytaxti, sanoat,
ilm-fan, madaniyat hamda Markaziy Osiyodagi eng yirik biznes, bank-moliya
markazidir.
Qishloq xo’jaligida paxtachilik, kanop yetishtirish, bog’-uzumchilik, sabzavot-
polizchilik,
ipakchilik,
shahar
atrofi
xo’jaligi,
sut-go’sht
chorvachiligi,
parrandachilik, gulchilik va boshqa tarmoqlar rivojlangan.
2.
Mirzacho’l iqtisodiy rayoni. Maydoni 25,5 ming km2 (5,7%)
va aholisi 17617,7 ming kishi (6,6%). Agrar-industrial rayon. Mamlakat yalpi ichki
mahsulotining 4,8% to’g’ri keladi. (Sirdaryo viloyatiga-2,0%, Jizzax viloyatiga-2,8%
(2007 y)). qishloq xo’jaligidagi asosiy yo’nalish paxtachilik va g’allachilik.
SHuningdek, bog’dorchilik-uzumchilik, sabzavotchilik, lalmikor dehqonchilik va
chorvachilik (qoramolchilik, qo’ychilik, yilqichilik) rivojlangan. Yirik irrigatsiya-
melioratsiya muhandislik tuzilmalariga ega.
Mustaqillik yillarida sanoat tez rivojlanmoqda. elektroenergetika, mashinasozlik,
qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o’rin tutadi.
elektroenergetika (SHirin shahridagi Sirdaryo GRES), oziq-ovqat, yengil va qurilish
materiallari (Guliston), qurilish materiallari va yengil sanoat (Yangier), yengil va
oziq-ovqat, ximiya korxonalari (G’allaorol, Paxtakor, Do’stlik, Gagarin va boshq), 30
dan ortiq qo’shma korxonalar (Turkiya, Suriya, Buyuk Britaniya, Italiya, Portugaliya
va boshq) faoliyat ko’rsatmoqda.
Jizzax viloyatining tog’-tog’oldi hududlaridagi rekreatsion (30 ming ga hududida
tog’-o’rmon qo’riqxonasi) va bol neologik resurslar istiqbolda sanatoriya-kurort
xo’jaligi va turizmni rivojlantirish imkonini beradi.
122
3. Farg’ona iqtisodiy rayoni. Maydoni 18,3 ming km2 (4,1%) aholisi 7530,3
ming kishi (28,0%). Iqtisodiy jihatdan rivojlangan va aholi zich joylashgan rayon.
Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 19,7% (Andijon viloyatiga 6,9%, Namangan
viloyatiga 4,3%, Farg’ona viloyatiga 8,5%, 2003y.) to’g’ri keladi. g’oyat qulay
agroiqlimiy omillar sertarmoq, intensiv qishloq xo’jaligini, tabiiy va mehnat
resurslari (neft , qurilish materiallari va boshq.) sanoat tarmoqlarini rivojlantirish
imkonini beradi.
Farg’ona iqtisodiy rayoni respublikadagi sanoat mahsulotlari qiymatining 1/4,
qishloq
xo’jaligi mahsulotlarining 1/3, ekin maydonlarining 1/5 qismini,
invistitsiyalarning 17%, tashqi savdo aylanmasining 12,0%, yetishtirilgan paxtaning
30%, donning 11,3%, pillaning 10%, kartoshkaning 30% dan ortig’ini beradi. Ayni
vaqtda, yirik bog’dorchilik-uzumchilik, sabzovotchilik va kartoshka yetishtiruvchi,
shuningdek, sut-go’sht chorvachiligi, parrandachilik rayoni hamdir.
Sanoatda yengil va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat
korxonalari, oziq-ovqat sanoati Andijon, Namangan, Farg’ona, qo’qon, Marg’ilon,
Uchqo’rg’on, Pop, Asaka, quva, SHahrixon, Beshariq va boshqa shaharlarda
rivojlangan.
Energetika sanoati asosini IES (Farg’ona IES, qo’qon IES va quvasoy GRES)
tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoatining zamonaviy tarmog’i-
avtomobilsozlik yuzaga keldi va Asaka shahri respublika avtomobilsozlik «poytaxti»
ga
aylandi.
Iqtisodiy
rayonda
keng
ko’lamda avtomobilsozlik sanoatini
mahalliylashtirish dasturi amalga oshirilmoqda. (Asaka avtomobil zavodi qurilishi
1994 yil boshlanib 1996 yil o’z mahsulotini bergan. Loyiha quvvati yiliga 250 ming
dona turli markadagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish quvvatiga ega).
Ximiya sanoati (Farg’ona, Andijon, qo’qon), tsement, shifer, oyna kabi qurilish
materiallari ishlab chiqarish (quvasoy shahrida), neftni qayta ishlash sanoati (Oltiariq
va Farg’ona shaharlarida) rivojlangan.
Mustaqillik yillarida xorij investitsiyasi ishtrokida 100 dan ortiq qo’shma
korxonalar barpo etildi. Jumladan, Asaka shahridagi «O’zDEU», Xonobod shahridagi
«Xon-Bugdo», SHahrixondagi «Anteks», Kosonsoyda «Kosonsoy-Tekmen», Popda
«Pop-Fen», Namanganda «Silk-Road», «Asnam-Tekstil», Dang’arada «Beshtov»,
Qo’qonda «Qo’qon mebel », Farg’onada «O’zsalaman» va boshq. Farg’ona-
Marg’ilon, Andijon -Asaka sanoat rayonlari, Namangan, Qo’qon, Quvasoy,
SHaxrixon, CHust, Uchqurg’on, Kosonsoy, Xonobod va boshq. sanoat tugunlari jadal
rivojlanmoqda.
Iqtisodiy rayonda zamonaviy avtomobil va temir yo’llar rivojlangan. Toshkent-
Andijon-O’sh-Qashg’ar xalqaro avtomobil yo’llarining qurilishi mamlakatning
barcha viloyatlari bilan aloqalar olib borish imkoniyatini kengaytirdi.
Tashqi savdo, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmalari
kengaymoqda.
4. Samarqand iqtisodiy rayoni. Samarqand viloyati maydoni 16,8 ming km2
(3,7%), aholisi 2978,8 ming kishi (11,0%). Samarqand viloyati iqtisodiy jihatdan
rivojlangan rayon bo’lib, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 6,2% (2007 y), sanoat
mahsuloti qiymatining 5,6%, qishloq xo’jaligi
mahsuloti qiymatining
11,3%,
123
investitsiyalarning
5,7%, qo’shma korxonalarning 3,5% va tashqi savdo
aylanmasining 4,0% to’g’ri keladi.
Samarqand viloyati yirik qishloq xo’jaligi rayonidir. Qishloq xo’jaligida
dehqonchilik bosh soha va sertarmoq bo’lib, paxtachilik, g’allachilik, tamakichilik,
bog’dorchilik va uzumchilik, sabzovot-poliz-kartoshkachilik rivojlangan. qariyb
327,7 ming ga dan ortiq yerga dehqonchilik qilinadi (2008 y), 200,0 ming ga dan
ortiq yerga donli ekinlar, 100,0 ming ga yerga texnika ekinlari (paxta, tamaki, qand
lavlagi) va boshqa oziq-ovqat va yem-xashak ekinlari eqiladi. Tamaki asosan Urgut
tumanida yetishtiriladi. 2003 yil 235 ming t paxta, 700,0 ming t g’alla, 20-25 ming t
tamaki va boshqa dehqonchilik mahsulotlari yetishtirildi.
CHorvachilikda qoramolchilik (1863,5 ming bosh), qo’y va echkichilik (1,0 mln
dan ortiq), cho’chqachilik (11,3 ming), parrandachilik (2,4 ming bosh) yetakchi
sohalardir. Yiliga 125,2 ming t go’sht (tirik vaznda), 518,5 t sut va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqariladi. qorako’l qo’ylari Karnopcho’l yaylovlarida boqiladi.
SHuningdek, ipakchilik (1,6-1,7 ming t pilla), baliqchilik, asalarichilik ham muhim
o’rin tutadi.
Sanoatda yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (maishiy
mashinasozlik, avtomobillar ishlab chiqarish), ximiya, chinni-fayans kabi tarmoqlar
tez rivojlanib bormoqda. Samarqand shahrida yengil (ipak-gazlamalar, ip-gazlama
matolari, trikotaj, paypoq, poyabzal), mashinasozlik (lift, sovutgich), yuk
avtomobillari, avtobuslar, ximiya (mineral o’g’itlar), oziq-ovqat (konserva, tamaki,
vino, choy va boshq.), chinni-fayans, Kattaqo’rg’on shahrida oziq-ovqat (yog’-
ekstrakt va boshq.) mashinasozlik, paxta tozalash, yengil sanoat korxonalari mavjud.
Viloyatda 125 ga yaqin qo’shma korxonalar («Sam Koch Avto», «Samarqand
Neyshnl Amerika», «UzBat» va boshq.) barpo etilgan.
Turizm viloyat iqtisodiyotidagi istiqbolli tarmoq. Samarqand shahrida xalqaro
andozalarga javob beruvchi mehmonxonalar majmuasi barpo etilgan. Yiliga 100
mingga yaqin (40,0 ming xorijiy ) sayyohlar Samarqandning betakror tarixiy
obidalari bilan tanishmoqdalar. Sayyohlarga 20 dan ortiq mehmonxonalar (16 tasi
xususiy) xizmat ko’rsatadi.
SHuningdek, ijtimoiy sohalar va bozor infratuzilmalari tez rivojlanmoqda.
5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni. Maydoni 151,3 ming km2 (33,1%) va aholisi
2379,0 ming kishi (8,8%). Iqtisodiy rayon tarkibiga Buxoro va Navoiy viloyatlari
kiradi. Iqtisodiy rayon mamlakat xo’jalik tizimida muhim o’rin tutadi. Mamlakat
yalpi ichki mahsuloti qiymatining 11,4% (Buxoro viloyati 6,1% va Navoiy viloyati
5,3%), sanoat mahsuloti qiymatining 16,4%, qishloq xo’jaligi mahsuloti qiymatining
11,7%, investitsiyaning 10,1%, qo’shma korxonalarning 2,1% va tashqi savdo
aylanmasining 11,6% i shu rayon hissasiga to’g’ri keladi.
Iqtisodiy rayon tabiiy resurs salohiyati yuqori bo’lib, tabiiy gaz, neft ,
qimmatbaho metallar (oltin), qurilish materiallariga boyligi va yaylov chorvachiligi
rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Qishloq xo’jaligida paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va
uzumchilik, chorvachilikda qorako’lchilik, pillachilik yetakchi soha. Buxoro
viloyatida intensiv sug’orma dehqonchilik Buxoro-qorako’l vohasida rivojlangan,
katta hududda yaylov chorvachiligi asosiy o’rin tutadi (qishloq xo’jaligi ishlab
124
chiqarishida dehqonchilik hissasi 55,4% va chorvachilik hissasi 44,6%). Navoiy
viloyatida esa dehqonchilikka nisbatan chorvachilik ustun rivojlangan bo’lib, qishloq
xo’jalik mahsulot qiymatining deyarli 64% chorvachilik va 36% dehqonchilikka
to’g’ri keladi.
Sug’orma dehqonchilikda Amu-Buxoro, Amu-qorako’l mashina kanallari (200
dan ortiq nasos stantsiyalari) va boshqa kanallar katta o’rin tutadi. Iqtisodiy rayon
o’zining qorako’l terilari bilan dunyoga mashhur. London, Sankt-Peterburg xalqaro
auktsionlarida
yuqori
baholanadi.
SHuningdek,
go’sht-sut
chorvachiligi,
cho’chqachilik va parrandachilik rivojlangan.
Sanoatda energetika, tog’-kon sanoati, tog’-metallurgiya, ximiya, neftni qayta
ishlash, qurilish materiallari sanoati, Yengil va oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat
(zardo’zlik), teri-poyabzal tarmoqlari muhim o’rin tutadi. energetika (Navoiy GRES),
tog’-kon (Uchquduq g’azg’on, Muruntov va boshq.), tog’-metallurgiya (Navoiy tog’-
metallurgiya kombinati), ximiya (Navoiy azot chiqarish birlashmasi), neftni qayta
ishlash (Buxoro-qoravulbozor neftni qayta ishlash zavodi), qurilish materiallari
sanoati (Navoiy tsement, Buxoro va Kogon o’tga chidamli g’isht ishlab chiqarish va
boshq.), Yengil sanoatning muhim tarmog’i paxta tozalash korxonalari (Vobkent,
SHofirkon, G’ijduvon, Qorako’l, Olot, Navoiy, Zarafshon, Konimex, Yangiobod), ip-
gazlama, shoyi-gazlama trikotaj, poyabzal korxonalari (Buxoro, Qorako’l, Navoiy),
oziq-ovqat korxonalari (Buxoro, Navoiy, Zarafshon, Kogon, Qorako’l), mahalliy
sanoat,
ayniqsa-zardo’zlik,
zargarlik,
misgarlik,
o’ymakorlik
kashtachilik,
pichoqchilik va boshqa kasanachilik turlari (Buxoro,G’ijduvon, Navoiy va boshq.)
rivojlangan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiy rayonda 100 ga yaqin qo’shma korxonalar barpo
etildi. Navoiy viloyatida AQSH bilan hamkorlikda «Zarafshon N’yumont»,
Qizilqum-Rus-Nur», «Qizilqum tsement», Buxoro viloyatida, «Qorako’l teks»
«Romsib», «Buxoroteks», «Transfrukt», «Medeteks», «Mramor», va boshq. ko’plab
qo’shma korxonalar ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va eksport salohiyatining
oshishida sezilarli o’rin tutmoqda.
Xizmat ko’rsatish sohalari kengaymoqda, ijtimoiy sohalar, bozor infratuzilmalari
jadal rivojlanmoqda. Buxoro shahri (1000 ga yaqin me’moriy yodgorlik bor)
mustaqillik yillarida yirik turistik markazga aylandi va har yili minglab xorijlik va
mahalliy sayyohlar tashrif buyuradi.
6. Qashqadaryo iqtisodiy rayoni. Maydoni 28,6 ming km2 (6,4%), aholisi
22484,2 ming kishi (9,2%). Tarkibiga Qashqadaryo viloyati kiradi. Iqtisodiy rayonga
respublika yalpi ichki mahsulotining 7,1% (2007 y), sanoat mahsuloti qiymatining
8,3%, qishloq xo’jaligi mahsuloti qiymatining 7,2%, xalq iste’mol mollari ishlab
chiqarishning 5,5%, investitsiyalarning 16,9%, savdo aylanmasining 5,9% va tashqi
iqtisodiy aloqalar aylanmasining 5,6% to’g’ri keladi.
Respublika mehnat taqsimotida neft va tabiiy gaz qazib chiqarish, gaz-ximiya,
Yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligida - paxtachilik, g’allachilik,
uzumchilik, poliz va sabzavot, chorvachilik (qorako’l qo’ylari 1,2 mln boshdan ortiq)
mahsulotlari (go’sht, jun, qorako’l terilari, sut, tuxum, pilla) yetishtirish bilan ajralib
turadi.
125
Iqtisodiy rayon Respublikada eng yirik qishloq xo’jaligi rayonlaridan biri.
Dehqonchiliq tizimida irrigatsiya kanallari (qarshi, Moskva, Sandal va boshq.), suv
omborlari (Tallimarjon, CHimqo’rg’on, Hisorak, qizilsuv va boshq.), yirik nasos
stantsiyalari (6 ta) katta o’rin tutadi va 250 ming ga yer (qarshi cho’lida)
o’zlashtirilgan.
Qurilish materiallari sanoati, Yengil va oziq-ovqat sanoati (qarshi), Yengil va
oziq-ovqat, mahalliy sanoat (SHahrisabz), energetika (Muborak IEM va Tollimarjon
IES), gaz-ximiya majmuasi (SHo’rtan, Muborak), oziq-ovqat (Koson, Kitob,
CHiroqchi va boshq.), neft qazib chiqarish (Ko’kdumaloq), paxta tozalash, g’isht
zavodi, oziq-ovqat va Yengil sanoat korxonalari (qamashi, CHiroqchi va boshqa
tuman markazlarida) rivojlangan.
Xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar (40 ga yaqin) qurilishi
kengaymoqda. qo’shma korxonalar asosan qarshi, SHahrisabz shaharlari va
Muborakda qurilgan. Ularning eng yiriklari «Aziya Treyding», «o’zinter-biznes»,
«qarshiteks» va boshq.
Iqtisodiy
rayonda
yoqilg’i-energetika
resurslari
qazib
olish
(neft
va
tabiiy
gaz),
qishloq
xo’jaligi
mahsulotlari
yetishtirish
va
qayta
ishlash
rivojlangan
va
qulay
investitsion
muhit
shakllanib
bormoqda
(ayniqsa
yoqilg’i-
energetika va yengil sanoatda).
7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni, Maydoni 20,1 ming km2 (4,5%) va aholisi
1974,2 ming kishi (7,1%). Surxondaryo iqtisodiy rayoni tarkibiga Surxondaryo
viloyati kiradi. Mamlakatning janubida joylashgan. Iqtisodiy rayon mamlakat
iqtisodiyotida paxta (ingichka tolali paxta), subtropik mevachilik, yertangi
sabzavotlar yetishtirish, ko’mir (SHorg’un), osh tuzi (Xo’jaikon), polimetall
(Sangardak), qisman neft , Yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib
turadi. Iqtisodiy rayon hissasiga respublika yalpi ichki mahsulotining 2,3%, xalq
iste’mol mollari ishlab chiqarishning 3,1%, qishloq xo’jaligi mahsulotining 8,5%,
investitsiyalarning 3,4%, savdo aylanmasining 4,2% va tashqi savdo aylanmasining
1,7% to’g’ri keladi.
Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari- paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik
va uzumchilik, tsitrus mevalar (limon,mandarin),xurmo,sabzavot-poliz-kartoshka
yetishtirish, shuningdek, lalmikor dehqonchilik (bug’doy va arpa), chorvachilikda-
qoramolchilik, qo’ychilik (qorako’l va hisor dumbali qo’ylar), echkichilik,
yilqichilik, parrandachilik va darrandachilik rivojlangan.
Dehqonchilik sun’iy sug’orishga asoslangan bo’lib, yirik suv omborlari
(Uchqizil, Degrez, Janubiy Surxon, To’palang va boshq.) va kanallar (Hazorbog’,
Qumqo’rg’on, Zang, Katta Hisor, SHerobod, Amu-Zang kanallari va boshq.) muhim
iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega.
Sanoatda yengil (paxta tozalash, ip-gazlama, shoyi-gazlama, trikotaj, tikuvchilik,
poyabzal, oziq-ovqat (un va un mahsulotlari, vino-likyor, meva sharbatlari, meva
konservalari, sut va sut mahsulotlari, yog’-moy va boshq), mahalliy sanoat
(hunarmandchilik, kulolchilik, gilam to’qish, beqasam va boshq.), shuningdek,
qurilish materiallari sanoati, mustaqillik yillarida esa dori-darmonlar ishlab chiqarish
126
ham rivojlanib bormoqda. Sanoat korxonalari-Termiz, Denov, Boysun, Jarqo’rg’on,
Qumqo’rg’on, SHorg’un, SHerobod va SHo’rchi shaharlarida joylashgan.
Mustaqillik yillarida 20 dan ortiq qo’shma korxonalar ishga tushirildi. Ular
orasida Termiz shahridagi «Ajanta» o’zbek-hind farmatsevtika mahsulotlari, «Po’lat»
gilam va poloslar ishlab chiqaruvchi korxonalar alohida o’rin tutadi.
Xizmatlar ko’rsatish, ijtimoiy sohalar va bozor infratuzilmalarining jadal
rivojlanib borishi shahar va qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasining o’zgarishiga
olib kelmoqda.
8. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni. Maydoni 172,7 ming km2 (38,4%) va
aholisi 3084,7 ming kishi (11,5%). Tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi
(maydoni 166,59 ming km2, aholisi 1593,8 ming kishi) va Xorazm viloyati (6,05
ming km2, aholisi 1370 ming kishi) kiradi. Iqtisodiy rayon mamlakatning shimoli-
g’arbiy qismiga joylashgan bo’lib yirik qishloq xo’jaligi (paxtachilik, g’allachilik
(don va sholi), polizchilik (mashhur Xorazm qovunlari), ipakchilik, bog’-uzumchilik
va chorvachilik (qoramolchilik va qorako’l qo’ylari va boshq.), Yengil va oziq-ovqat,
qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Tabiiy resurslarga (istiqbolli neft va tabiiy
gaz, rangli metallar, qimmatbaho metallar, tog’-ximiya xom-ashyolari (fosforit va
boshqa tuzlar), qurilish materiallari) boyligi bilan ajralib turadi. Ayni vaqtda,
Markaziy Osiyodagi eng murakkab ekologik vaziyat (Orol va Orolyoni xududlari)
yuzaga kelgan hudud. Iqtisodiy rayonga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 6,1%
(Qoraqalpog’iston Respublikasi-2,4% va Xorazm viloyati 3,7%), sanoat mahsuloti
qiymatining 4,5% (mos ravishda 1,7 va 2,8%), qishloq xo’jaligi mahsuloti
qiymatining 8,85% ( 2,65 va 6,2%), investitsiya hajmining 8,8% (5,2% va 3,6%)
savdo aylanmasining 3,3% (1,8 va 1,5%) to’g’ri keladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida chorvachilik
ulushi 57,2% va dehqonchilik ulushi 42,8% iborat. CHorvachilik go’sht yo’nalishida
bo’lib, yaylov va to’qayzorlarda qorako’l qo’ylari boqiladi. SHuningdek,
qoramolchilik, cho’chqachilik, echkichilik va parrandachilik, yilqichilik rivojlangan.
Dehqonchilikda - paxtachilik, sholichilik, sabzavotchilik sohalari, ayni vaqtda,
polizchilik, bog’dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan. Mamlakatdagi beda urug’i
yetishtiriladigan rayon. Irrigatsiya kanallari (Paxtaarna, qirqqiz, ellikqal’a, qizketken,
Kecheyli va boshq.), kollektor-drenaj tizimlari (20 ming km ga yaqin) muhim rol
o’ynaydi.
Sanoatda - elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat, yengil sanoat (to’qimachilik),
shisha-forfor tarmoqlari rivojlangan. Mustaqillik yillarida sanoat tarmoqlarini
rivojlantirishiga ustivor yo’nalish sifatida qaralishi tufayli yangi-yangi sanoat
korxonalari yuzaga kelmoqda. Yirik sanoat markazi Nukus (qurilish materiallari,
yengil va oziq-ovqat sanoati), Taxiatosh energetika sanoati (Taxiatosh IES), Xo’jayli
(shisha zavodi, paxta tozalash zavodi, yengil sanoat), qo’ng’irot (sanoat sodasi ishlab
chiqarish) va ellikqal’a, CHimboy, Beruniy shaharlarida rivojlanib bormoqda.
Qoraqalpog’iston Respubulkasida 20 ga yaqin qo’shma korxonalar («Kateks»,
«Elteks Osiyo-Veet», «Turon» va boshq.) barpo etilgan.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy sohalar, xizmat ko’rsatish sohalari, bozor
infratuzilmalarining jadal rivojlanishi muhim ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga olib
kelmoqda. Orol va Orol yoni ekologik vaziyatini tubdan yaxshilash borasida
127
O’zbekiston hukumati katta amaliy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Respublikada
ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish istiqboli yangi tabiiy resurslar-Ustyurtdagi
neft , tabiiy gaz va boshqa qazilmalarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish
infratuzilmalarini (temir yo’l va avtomobil yo’llari) rivojlantirish bilan bog’liq.
Xorazm viloyati mamlakat mehnat taqsimotida paxta va sholi yetishtirish, yengil
va oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib turadi. qishloq xo’jaligida
dehqonchilik
yo’nalishi paxtachilik, sholichilik, sabzovotchilik, chorvachilik
parrandachilik, (qorako’l qo’ylari), echkichilik, darrandachilik, cho’chqachilik
yetakchi sohalardir. Qishloq xo’jaligida bozor islohotlari rivojlanib bormoqda.
Sug’orish kanallari (Toshsaqa, Polvon, G’azavot, SHovot, Urgancharna va boshq.),
suv omborlari (Tuyamo’yin) qurilgan. Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
sohasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida sanoat tarmoqlari ayniqsa, Yengil va oziq-ovqat sanoati tez
rivojlandi. Urganchda - to’qimachilik, yog’-moy, qurilish materiallari, qishloq
xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash korxonalari, Gurlanda-to’qimachilik, oziq-ovqat,
Xonqada - gilam to’qish, paxta tozalash korxonalari, Bog’otda-shisha idishlar ishlab
chiqarish zavodi, Xozaraspda shakar zavodi faoliyat ko’rsatmoqda.
Xorijiy investitsiya ishtirokida qo’shma korxonalar («Doritil LTD», «Meva»,
«O’zximvent», «Aloqa DEU», «Gurlantekstil» va boshq.) barpo etilgan bo’lib,
viloyatning sanoatlashuvida muhim o’rin tutmoqda.
Xorazm viloyatida ochiq muzey shahar-Xiva xalqaro turizmni rivojlantirishning
istiqbolli imkoniyatlariga egadir. Mustaqillik yillarida xizmat ko’rsatish sohalari,
ijtimoiy sohalar,bozor infratuzilmalari jadal rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |