1. Demografik vaziyatning o’ziga xos xususiyatlari va demografik siyosat.
Aholisi. O’zbekiston aholisi ko’pmillatli. Keyingi 150 yil mobaynida 100 dan
ortiq millat va elat vakillari yashaydigan hududga aylandi. O’zbekistonga CHor
Rossiyasining mustamlakachilik davrida-ruslar, ukrainlar, beloruslar, polyaklar,
chexlar, slovaklar, bolgarlar va boshqlar kirib kelishi kuchaydi va ular asosan
shaharlarda joylashdi.
Sobiq itttifoq davrida slovyan xalqlarining mamlakatimizga kirib kelishining
ikkinchi bosqichi boshlandi. CHekka hududlarni malakali ishchi kuchi bilan
ta’minlash siyosatining amalga oshirilishi oqibatida aholi milliy tarkibida rusiyzabon
xalqlar salmog’i ortdi va ular shaharlardan tashqari qishloqlarga ham joylashdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida koreyslar (XX asrning 30- yillarda Uzoq SHarqdan
ko’chirib keltirildi va Toshkent, Farg’ona vodiysi viloyatlari, Xorazm, Sirdaryo
viloyati va boshq. joylashdi), yahudiylar, nemislar, mesxeti turklari, qrimtatarlar,
greklar, armanlar, uyg’urlar va boshqa. millat vakillari kirib keldi. 50-yillardan 80-
yillarning oxiriga qadar ham sobiq ittifoq doirasidagi boshqa millat vakillari
migratsiyasi davom etdi. Sobiq ittifoqning tarqalib ketishi, O’zbekistonga zo’rlab
ko’chirib keltirilgan xalqlarning (qrim tatarlari, mesxeti turklari va boshq.) o’z-ona
yurtlariga qaytishi, yahudiylarning xorijga ketishi sezilarli ravishda mamlakat
aholisining milliy tarkibiga ta’sir qildi.
O’zbekiston tub aholisi o’zbeklar va qoraqalpoqlar, shuningdek, Markaziy Osiyo
xalqlari: tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, turkmanlar ham tub aholidir. Aholining asosiy
qismi o’zbeklar (80,0%), ruslar (4,9%), tojiklar (5,6%), qozoqlar (2,2%),
qoraqalpoqlar (1,7%) va boshqa millat vakillaridan iborat. Tabiiy o’sish sur’atlari bir
muncha yuqori tug’ilish koeffitsienti 24/1000, o’lim koeffitsienti 7/1000 va tabiiy
o’sish koeffitsienti 1,7/1000 (2008 y.). Tabiiy o’sish sur’atlari qishloqlarda bugungi
kunda ham yuqoriligicha qolmoqda. O’zbekiston aholisining tabiiy o’sish sur’atlari
muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Rossiya, Belarus va Qozog’istonda
aholi umumiy soni qisqarishi, mehnat resurslari tanqisligi mavjud bo’lsa, O’zbekiston
aholisi tarkibida safarbar yoshlar va o’smirlar salmog’i ortmoqda. O’zbekiston aholisi
zich joylashishi jihatidan MDH davlatlari o’rtasida 7-o’rinda turadi. (Moldova,
Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina va Gro’ziyadan so’ng). Mamlakat bo’yicha
aholining o’rtacha zichligi har bir km2 ga 65 kishidan (2012 y.) to’g’ri kelsa-da,
hududlar bo’yicha notekis joylashgan. CHunonchi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida har
bir km
2
hududga 300-500 kishidan ortiqroq (Andijon viloyatida 560,4 kishi, Farg’ona
viloyatida 432,0 kishi, Namangan viloyatida 286,9 kishi tugri keladi), Samarqand
viloyatida 30 kishi , Navoiy viloyatida 7,4 kishi, Qoraqalpog’iston Respublikasi (9,5
kishi), Janubiy viloyatlar (Qashqadaryo va Surxandaryo), Sirdaryo va Jizzax
86
viloyatlarida 100-150 hamda Qizilqum cho’li va Ustyurt platosida esa bir km2 da 1
kishiga ham yetmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |