Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Atmosfera havosi va uni ifloslanishdan ximoya qilish



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

1 Atmosfera havosi va uni ifloslanishdan ximoya qilish 
 
 
Atmosfera-Er  kurrasining  tashqi  qobig’i,  uning  barcha  tabiiy  jarayonlardagi 
ahamiyati  nihoyatda  katta.  U  avvalo  yer  sathining  umumiy  issiqlik  rejimini  bir 
maromda  saqlaydi,  koinotdan  keladigan  turli  zararli  osmon  jismlari  va  ular  ta’siridan 
asraydi.  Atmosfera  tsirkulyatsiyasi  mahalliy  iqlim  sharoitlariga  ta’sir  etadi  va  u  orqali 
daryolarning  suv  rejimi,  tuproq-o’simlik  sharoitlariga,  shuningdek  rel  yef  hosil 
bo’lish  jarayonlariga  ta’sir  ko’rsatadi.  Havo-Erda  hayotning  vujudga  kelishida zaruriy 
omil. 
Atmosferaning  gaz  tarkibi  quyidagicha (hajm bo’yicha foiz hisobida) azot-78.09, 
kislorod-20.95,  argon-0.93,  uglerod  ikki  oksidi-  0,03,  neon-0,00018.  Atmosferada 
shuningdek  suv  bug’lari  mavjud.  Atmosferaning  tarkibiga  insonning  xo’jalik  faoliyati 
borgan sari ko’proq ta’sir ko’rsatmoqda. 
Atmosferani  ifloslantiruvchi  chiqindilar  odatda  ikki  qismga  bo’linadi:  gazsimon 
va  qattiq  moddalar,  shundan  gazli  moddalar  butun  chiqindilarning  90%,  qattiq 
moddalar  esa  10%  ini  tashkil  etadi.  Atmosferani  ifloslantiruvchi  manbalarni  tabiiy  va 
ishlab  chiqarish-maishiy  jarayonlar  tashkil  qiladi.  Tabiiy  manbalarga  chang,  chang-
tuzon,  vulqonlarning  otilishi,  koinot  changlari  va  boshqalar  xos.  Tabiiy  manbalardan 
keladigan  ifloslantiruvchi  moddalarning  3g’4  foizi  noorganiq  genezisga  ega.  Bular 
nurash  mahsulotlari,  tuproq  donalari,  tuz,  mikroorganizmlar  va  boshq.  Tabiiy 
manbalardan  atmosferaga  qo’shilgan  turli  moddalar  ma’lumotlarga  qaraganda,  har 
yili  o’rtacha  700  mln..t.  dan  1,5  mlrd..t.  gacha  dengiz  tuzlari,  700  mln..t.  ga  yaqin 
tuproq  changi,  o’rmonlarning  yonishi  natijasida  360  mln..t.  gacha  turli  aralashmalar 
atmosferaga  qo’shiladi.  Ularning  jami  o’rtacha  2,3 mlrd..t. aerozolni (havoda muallaq 
turuvchi  qattiq yoki suyuq zarrachalar)  tashkil  qiladi. 
80-  yillarning  oxirida  dunyo  bo’yicha  yiliga  taxminan  600*10
9
  t.  sanoat-maishiy 
chiqindilar  atmosferaga  chiqarilgan.  endilikda  atmosferaning  sun’iy  manbalar 
hisobiga  chiqindilar  bilan  ifloslanishi  borgan  sari  kuchayib  bormoqda.  Issiqlik 
elektrostantsiyalar  tutun  bilan  birga  havoga  oltingugurtli  va  karbonat  angidrit  gazlar 
va  boshqa  birikmalarni,  metallurgiya,  ayniqsa,  rangli  metallurgiya  korxonalari,gaz 
holda  azot  oksidlari,  vodorod  sul  fid,  uglerod  oksid,  xlor,ftor,  ammiak,  fosfor 
birikmalari,  turli  metal  zarrachalari  va  birikmalari,  simob,  margimush;  xuddi  shunday 
chiqindilarni  kimyo  korxonalari,  tsement  ishlab  chiqaruvchi  va  paxta  tozalovchi 
zavodlar  ko’plab  chang  chiqaradi.  Masalan,  chuyan  yeritish  va  undan  po’lat 
tayyorlash  jarayonida  1  t.  chuyan  yeritilganda  4,5  kg  chang,  2,7  kg  oltingugurtli  gaz, 
0,5-1,1 kg marganets ajralib  chiqadi. 
Havoni  ifloslashtirishda  avtomobil  transportining  xissasi  juda  ham  yuqori.  Ichki 
yonish  dvigatellari  tashqariga  chiqarib  tashlagan  chiqindilari  tarkibida  uglerod  oksidi, 
azot  qo’sh  oksidi,  uglevodorodlar,  al degidlar, kuya, ben(a)pren va boshqa kimyoviy 
ashyolar  mavjud  bo’ladi.  Olimlarning  ta’kidlashicha,  chiqindilar  tarkibida  qariyb  200 
nomdagi  komponentlar  borligi  aniqlangan.  Hozirgi  vaqtda  dunyoda  500  mln..  dan 
ziyod  avtomobillar  mavjud  bo’lib,  ularning  80  mln..  tasi  yuk,  taxminan  1  mln..  tasi 
avtobuslardan  iborat.  Yangi  asr  boshlarida  avtomobillar  soni  700-800  mln..ga  qadar 
ortishi  taxmin  qilinmoqda.  Mo’taxassislarning  aniqlashicha,  bir  Yengil  avtomobil  yil 
davomida  4  t.  dan  ko’proq  kislorod  yutib,  havoga  800  kg  uglerod  oksidi,  40  kg 


 
155 
atrofida  azot  oksidlari  va  deyarli  200  kg  turli  uglevodorodlar  chiqaradi  (4-jadval). 
endilikda  avtomobillarning  miqdori  ortib  borayotganligi  tufayli  ularning  atmosfera 
havosini  ifloslantirishdagi  ulushi  yirik  shaharlarda  (AQSHda  75%)  60%,  ba’zi  yirik 
shaharlarda  esa  70-90%  ni  tashkil  qilmoqda.  Avtomobillar  asosan  havoga  uglerod 
oksidi  (AQSHda  uning  ulushi  butun  chiqindilarga  nisbatan  70%  ga  teng), 
uglevodorodlar, azot ikki  oksidi 9% va boshqalarni chiqaradi.  
  
4-jadval 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish