Muskul orasiga yuborish. Bu usul bilan organizmga AKDS vaksina, ADS-
anatoksinlarni va zardoblarni yuborish mumkin. Emdori quymichning yuqorigi
tashqi bo’lagidagi muskul orasiga yoki sonning tashqi tomonidagi muskul orasiga
yuboriladi.
Teri ustiga emdori yuborish. Teri ustiga emdori yuborish usuli bilan
tulyaremiya, qora oqsoq, Ku-isitmasi, kuydirgi, o’lat va chin chechakka qarshi tirik
vaksinalar bilan emlash, Shuningdek, diagnostik-allergik reaksiyalarni qo’yish
mumkin. Bu usul bilan jonsizlantirilgan vaksinalarni organizmga yuborib
bo’lmaydi, chunki faqat tirik vaksinalar teridan teri osti to’qimalariga o’tib
ko’payishlari mumkin. Bu usulda emdorini yelka terisi tashqi sohasiga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |