Dezinfeksiya kameralarining turlari
Mikroblarga ta’sir etuvchi vositalarning xususiyatiga ko’ra dezinfeksiya
kameralarining uchta asosiy tipi farqlanadi:
1. Issiq havoli kameralar, bunda 80-105° haroratgacha isitilgan issiq havo
ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi.
2. Bug’ kameralari, bularda normal atmosfera bosimidan yuqori 0,5 -1 atm.
bosim ostidagi bug’ (bug’ning harorati 110-180°) ta’sir ko’rsatadi.
3. Bug’-formalinli kameralar, bunda normal bosim sharoitida bug’-havo
aralashmasi va kamerada formalin bug’lantirilganda yoki changlantirilganda hosil
bo’lgan formaldegid bug’larining birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi. Vakuum-
bug’ formalin kameralarida suv bug’lari va formaldegid ta’sir ko’rsatadi, biroq
bunday dezinfeksiya siyrak havo sharoitlarida va 55 - 60°S atrofdagi haroratda
boradi (18-jadval).
18-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |