72
bilan birga ustki kiyim-boshlarni, ko’rpa-yostiqlarni, uy-ro’zg’or buyumlarni
hamda xonalarni tozalikda ozoda saqlash kabi muolajalar kiradi.
Bitning (qaysi bosqichdaligidan qatiy nazar) borligi aniqlanganda
dezinseksiya o’tkaziladi, ya’ni odamning tanasidagi, kiyimidagi ko’rpa-
yostiqlaridagi va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridagi bitlar o’ldirilishi kerak.
Bit va uning tuxumlarini yo’qotishda o’tkaziladigan dezinseksiyada mexanik,
fizik va kimyoviy usullari qo’llaniladi.
Bitlash darajasi kuchli bo’lmay, odamda (tuxumlari bilan birga
hisoblanganda) 10 tacha bosh biti uchrasa, ularni yo’qotish uchun tishlari zich
taroq bilan sochni tarash, sochni oldirish, tuk va junlarni qirish kabi mexanik
usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Olingan sochlarni bitlari bilan birga yoqib yuborish maqsadida soch
olinayotgan paytda kleyonka yoki qog’oz to’shab yig’iladi.
Sirkalardan tozalash uchun sochlarni tarashdan oldin boshni yaxshilab yuvish
hamda uni ichimlik sirkasi yoki 5-10% sirka kislotasining ilitilgan eritmasi bilan
chayish kerak. So’ngra tishlariga sirka eritmasi shimdirilgan paxtalik pilik yoki ip
o’tkazilgan mayda taroq bilan soch bit sirkasidan tozalanadi.
Odam tanasida bit topilganda uning badani mochalka (surtgich) yordamida
sovun surib issiq suvda yuviladi va bir yo’la ichki kiyimlar, ko’rpa-yostiq jildlari
qaynatilib, qaynatilishi mumkin bo’lmagan kiyim-kechak va ko’rpa-yostiqlarning
qaytarilgan joylariga issiq dazmol yurgiziladi.
Odamning sochli va tukli joylariga karbofosning 0,15% suvli eritmasi (bir
kishiga 10-50 ml), benzilbenzonatning suvdagi sovunli 20%li suspenziyasi (10-30
ml), borat kislotasining 5% li surtmasi (10-25 %), kerosinning 10% suvli-sovun
emulsiyasi (5-10 min) kabi insektitsidlar bilan ishlov beriladi. Bu ishlov berish
payti 20-30 daqiqani tashkil etishi kerak.
Insektitsidlar bilan ishlov berilgach va yuvilgach soch sirka kislotasining 5-
20% li suvli eritmasi bilan chayilishi lozim.
Bosh va kiyim biti bilan bitlagan paytda kasalliklar o’chog’ida boshqa
vositalar topilmasa sun’iy davo moddasi hisoblangan butadionni qo’llash tavsiya
etiladi. Butadion qabul qilgan odam qoni bosh va kiyim bitlariga 14 kungacha
zaharli ta’sir qiladi. Katta yoshdagilarga butadion ichishga ovqatdan so’ng ikki kun
ichida 0,15 dan 4 mahal belgilanadi. Sutkalik miqdori 0,6 dan oshmasligi kerak, 4
yoshgacha bo’lgan bolalarga butadion berilmaydi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga
butadion 0,05 dan, 8 yoshdan 10 yoshgacha 0,08, 10 yoshdan yuqori bo’lgan
bolalarga 0,12 ichish tavsiya etiladi. Yuqoridagi miqdorni ikki kun davomida
kuniga 3 mahal belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: