Zoonoz kasalliklar qo’zg’atuvchilarining manbai
Asosiy xo’jayin hisoblangan hayvonlarda zoonoz infeksiyalar ko’pincha
yaqqolmas yoki surunkali shaklda kechadi. Infeksiyalarning o’tkir shakllari asosan
oraliq xo’jayin hisoblangan hayvonlar organizmida namoyon bo’ladi.
Epidemiologik nuqtai-nazardan zoonozlarda inson uchun kasallik manbai
hisoblanadigan hayvonlarni uch guruhga bo’lish maqsadga muvo-fiqdir (14-
jadval).
14-jadval
Hayvonlardan yuqadigan epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan
yuqumli kasalliklar guruhi
Qo’zg’atuvchilar manbai
Kasalliklar
Uy hayvonlari va parrandalar
Qora oqsoq, manqa, oqsim, hayvon
sili, Ku-isitma, ornitoz
Sinantrop kemiruvchilar
Toun, leptospiroz, o’lat
Yirtqich hayvonlar
Virusli ensefalitlar, kana rikketsiozlari
o’lat, quturish
Tuproq
Psevdotuberkulyoz, melioidoz,
legionellez, klostridiozlar
1. Uy hayvonlari, 2. sinantrop kemiruvchilar, 3. yovvoyi hayvonlar.
Zooantroponozlarda kasallikning asosiy manbai odatda bir guruhga mansub
bo’lgan hayvonlar hisoblanadi. Qo’shimcha manba bo’lib, (mazkur infeksiyada)
qayd qilingan boshqa guruh hayvonlar vakillari xizmat qilishi mumkin. Asosiy
infeksiya manbai vazifasini yovvoyi hayvonlar bajargan hollarda sodir bo’ladigan
zooantroponoz infeksiyalar tabiiy-o’choqli infeksiyalar deb ataladi. Uy yoki
sinantrop hayvonlar (kemiruvchilar) asosiy manba hisoblangan kasallik o’choqlari
antropurgik o’choqlar deb yuritiladi.
Tabiiy va antropurgik o’choqlar o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Masalan,
yovvoyi hayvonlar o’rtasida salmonellyozlar tarqalganda salmonellyozlarning
antropurgik o’choqlari vujudga keladi. Zoonozlarning qo’zg’atuvchilari ko’p
hollarda hayvonlar qonida bo’ladi. Qo’zg’atuvchilar hayvonlar ichagida, terisida
joylashganligi yoki urg’ochi hayvonlar homilaoldi suyuqligi va suti orqali ajralishi
kuzatiladi. Qo’zg’atuvchilarning hayvonlar nafas a’zolarida joylashishi katta
epidemiologik ahamiyatga ega emas.
Ayrim zoonozlar qo’zg’atuvchilari homila hujayralari (kanalar, qushlar)da
bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Bu xususiyat epizootik jarayonning rivojlanishini
va hayvonlarning odamlarga yuqumliligini ta’minlaydi.
Hayvonlarning kasallik manbai sifatida yuqumlilik muddatlari har bir
60
infeksiyaning patogenetik xususiyatlariga bog’liq. Ayrim kasalliklarda infeksiya
manbai hisoblangan hayvon organizmidan qo’zg’atuvchilarning ajralishi qo’zilash
davrida avjga chiqadi.
Qishda uxlovchi hayvonlarda infeksiyaning xuruji qo’zg’atuvchining qonda
tarqalishiga bog’liq holda bedor paytiga to’g’ri keladi. Hayvonlarda kechadigan
ba’zi infeksiyalarning surunkali ko’rinishda bo’lganligi tufayli ularning yuqumlilik
davrining uzoq davom etishiga sabab bo’ladi.
Qo’zg’atuvchilarning yuqish mexanizmi mazkur ko’zg’atuvchilarning
biologik tur sifatida saqlanishini ta’minlovchi omil bo’lib, u tarixiy-taraqqiyot
davomida shakllangan bo’ladi hamda epizootik jarayon paytidagina uning turlarini
aniqlash mumkin.
Ba’zi zoonozlarning qo’zg’atuvchilari asosiy xo’jayin qonida joylashganligi
tufayli bu kasalliklarga asosan transmissiv yo’l bilan tarqalishi xosdir. Aksariyat
hollarda tabiiy sharoitda transmissiv tarqalish yagona yo’l bo’lib qolishi mumkin
(obligat-transmissiv tarqalish mexanizmi). Insonga ham mazkur qo’zgatuvchilar
transmissiv yo’l bilan yuqadi.
Ayrim zoonoz infeksiyalarning qo’zg’atuvchilarini transmissiv va
notransmissiv tarqalish yo’llari tabiatda mavjuddir (fakultativ-transmissiv yo’l).
Odamlarga bu qo’zg’atuvchilar notransmissiv yo’l orqali yuqadi.
Zoonoz
infeksiyalarda
qo’zg’atuvchilarning
organizmda
joylanishi
xususiyatlariga ko’ra ularda notransmissiv yuqishini ikki xil yuqish deb hisoblash
mumkin. U najas-og’iz hamda muloqot mexanizmlarida namoyon bo’ladi. Aerozol
yo’l bilan yuqish hayvonlar o’rtasida katta ahamiyat kasb etmaydi. Odamlarga bu
hollarda qo’zg’atuvchilarning epidemiologiyaga ma’lum bo’lgan barcha mavjud
yo’llar hatto aerozol yo’l (ornitoz) orqali yuqishi mumkin.
Infeksiyaga moyillik - ma’lum turlarga xos bo’lgan xususiyat bo’lib
qo’zg’atuvchi va xo’jayin orasidagi o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi tufayli
yuzaga kelgan hodisadir. Moyillik darajasi nospetsifik (chidamlilik) va spetsifik
(immunitet) kabi himoya omillari bilan o’lchanadigan hodisa bo’lib, organizmning
o’ziga xos ta’sirchanligi bilan qo’zg’atuvchining miqdori va virulentlik
xususiyatiga bog’liqdir. Ushbu omillar ta’siri tufayli infeksion jarayonning u yoki
bu kechishi shakli namoyon bo’ladi.
E. N. Pavlovskiy ta’limoti bo’yicha tabiiy o’choq - bu shunday hududki,
aynan shu erda donordan retsipientga qo’zg’atuvchi yuqadi. Populyatsiya nuqtai-
nazaridan tahlil qilinganda tabiiy o’choq bu tashqi muhitning o’ziga xos
sharoitlari, kasallik qo’zg’atuvchisini tarqatuvchi hashoratlar tufayli mavjudligi
saqlanayotgan qo’zg’atuvchining populyatsiyasidir.
Parazitar tizim mavjud bo’lishi uchun mazkur hudud zarur bo’lgan atrof-
muhit rolini o’ynaydi. Epizootik o’choqni (tabiiy o’choq) bo’lishini tashqi va ichki
omillar ta’minlaydi (15-jadval).
61
15-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |