221
bosqichli dastur ishlab chiqildi.
1 bosqich - tayyorgarlik ko’rish.
2 bosqich - kasallik tarqalishining oldini olish va uni kamaytirish.
3 bosqich - erishilgan natijalarni mustahkamlash (konsolidatsiya)
4 bosqich - bezgak kasalligining bir joydan ikkinchi joyga tashib
o’tkazilishini keskin yo’qotish.
Ko’pgina mamlakatlarda bu borada katta yutuqlarga erishilgan: AQSH,
barcha Evropa mamlakatlari, Yaqin va Uzoq Sharqda kasallik batamom yo’q
qilingan. Biroq Tropik Afrika, Lotin Amerikasi, Janubiy-sharqiy Osiyoda vaziyat
ancha jiddiyligicha qolmoqda. Afrika mamlakatlarida bir yilda 1 mln. aholi
bezgakdan nobud bo’lmoqda. Olib borilayotgan chora-tadbirlarning biroz susayishi
natijasida ayrim hududlarda bezgak ko’tarilishi kuzatiladi.
Bezgakda kasallik manbai bo’lib, bemor odam va parazit tashuvchilar
hisoblanadi. Bezgak kasallik tashuvchisi Anopheles chivini hisoblanadi.
O’zbekistonda chivinlarning 9 turi mavjud. Bulardan A.matsulipenis eng ko’p
uchraydi. Odam qoni bilan bu chivinlarning faqatgina urg’ochisi oziqlanadi. Ular
kechki va tungi paytlarda odamlarga hujum qiladilar. Qonni hazm qilish bilan
birga urg’ochi chivinda tuxum rivojlanadi. Bu jarayonning qay darajada tez ketishi
tashqi muhit haroratiga bog’liq +16°S haroratda 7 kun, +20°S da 4 kun, +25-30°S
da 2 kun. Shunday qilib harorat qanchalik yuqori bo’lsa qonning hazm bo’lishi
Shuncha tez bo’ladi va chivin tez-tez qon so’radi. Bu esa bezgak bilan zararlanish
darajasini oshiradi. Chivinlar kuzning boshlanishiga kelib qon so’rishdan to’xtaydi
va yog’li tanachaga aylanib oladi, shu ahvolda bemalol qishlay oladi. Bunday
chivinlar qish bo’yi toza qon so’rmay, yerto’lalarda, sabzavot saqlanadigan maxsus
joylarda yashaydilar. Bahor kelishi bilan bu chivinlar yana qon so’radilar va tuxum
qo’yadilar. Tuxum qo’yish uchun eng qulay joy quyosh nuri yaxshi tushib
turadigan, turg’un, atrofi o’simliklar bilan o’ralgan suv manbai hisoblanadi.
Urg’ochi chivinlar 1 martada 100-2500 tagacha tuxum qo’yadi. Lichinkalar
suvning yuza qavatida muallaq holatda turgan moddalar bilan oziqlanadi. Shuning
uchun lichinkalarni yo’qotish maqsadida suvning yuza qatlamiga zaharli moddalar
sepiladi. G’umbak ovqatlanmaydi. Uning orqasida turgan kutikula takomillashadi
va undan yetuk chivin ajralib chiqadi. Suvdagi bu jarayonlar +10
0
S va +35°S
haroratda sodir bo’ladi. +16-19°S da bu jarayon 30 kun, +20-22°S da 18 kun, +24-
27
0
S da 14 kun davom etadi.
Bezgak chivinining boshqa chivinlardan farqli belgilari quyidagi
jadvalda keltirilgan:
Shakllanish bosqichlari
Bezgak chivinlari
Boshqa
turdagi chivinlar
Tuxum
Suvning yuza
qatlamida, yakka-
yakka holatda,
yulduzchalar
ko’rinishida
to’p-to’p joylashadi.
222
joylashadi.
Lichinkalar
Nafas olish
trubkasi (sifon)
yo’q, suv yuzasiga
parallel joylashgan
bo’ladi.
Sifoni bor
suv yuzasiga
vertikal holda yoki
ko’proq burchak hosil
qilib joylashadi.
Qanotli chivinlar
Qanotlarida
dog’lar bor.
Urg’ochilarida
paypaslagichining
uzunligi nayzasi bilan
teng. Ob’ektlarga
burchak hosil qilib
o’tiradi, orqa
oyoqlari
yozilgan
Qanotlarida dog’lari
yo’q. paypaslagichlari
nayzasidan 3-4 marta
kalta. Ob’ektlarga
parallel joylashadi.
Bezgak kasalligining qanchalik ko’p yoki kam bo’lishi qo’zg’atuvchining
ko’pligiga, tashuvchi chivin bilan aholi o’rtasidagi aloqaning qay darajadaligiga
bog’liq. Anofelogen suv manbaiga yaqin joyda ishlash bezgak kasalligining keskin
ko’payishiga olib keladi. Organizmida parazit tutuvchi, qon bilan zararlangan
chivin, sporozoitlari yetilgunga qadar xavfsiz hisoblanadi. Sporozoitlarning
yetilishi uchun, harorat +16
0
S dan past bo’lmasligi kerak. Shundan past haroratda
bezgak kasalligi kam uchraydi. Issiq iqlimli mamlakatlarda bu kasallik uzluksiz
davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: