194
Tug’ruqxonalar tarkibida quyidagi xonalar bo’lishi kerak: tug’ish oldi
palatasi, tug’ish palatasi, chaqaloqlarni yuvish xonasi, kirlarni vaqtinchalik saqlash
xonasi, yo’ldoshni vaqtinchalik saqlash xonasi, tozalash buyumlarini saqlash
xonasi. Ikkita tug’ish zali bo’lganda, ular galma-gal ishlatiladi. Har bir zal 1-2 kun
davomida
ishlatilishi kerak, so’ngra u yerda tozalash o’tkaziladi.
Tug’ish vaqtida ayolda sterillangan kiyim bo’lishi kerak, 1-marta
ishlatiladigan doyalik yig’masidan foydalanish kerak. Chaqaloqlar uchun
ishlatiladigan asboblar, pelyonkalar va boshqa materiallar ham steril bo’lishi shart.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun palataning hajmi har bir chaqaloqga 3,0 m
2
,
chala tug’ilgan bolalar uchun 4,5 m
2
bo’lishi kerak.
Har oyda tug’ruqxonaning epidemiologik holati haqida tuman tibbiyot
kengashida axborot beriladi, topilgan kamchiliklar yuzasidan ko’rilgan chora-
tadbirlar tahlil qilinadi. Har bir namoyon bo’lgan toksiko-septik va yuqumli
kasallik haqida yuqoridagi tashkilotlarga xabar berish zarur. Tashkil etilgan ishchi
guruh tug’ruqxonalar ustidan nazorat qilib boradi, kamchiliklar topilganda tibbiyot
kengashida muhokama qilinadi va chora-tadbirlar ko’riladi, tug’ruq muassasalarini
profilaktik tozalash grafigi ishlab chiqiladi. Moslashtirilgan tug’ruq muassasalarida
profilaktik tozalash 2 oyda 1-marta yoki 3 oyda 1-marta o’tkaziladi. Buning
oldidan tug’ruqxona 7-kunga butunlay bo’shatiladi va chaqirtirilgan dezinfeksiya
brigada hamma xonalarning oynalari, devorlari, eshiklarini va boshqa joylarni
ishlovdan chiqaradi.
Shifoxonada yiringli kasalliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar paydo
bo’lishining asosiy qo’zg’atuvchisi patogen stafilokokkdir. Jarrohlik bo’limida
kasallik manbai bo’lib bemorlar va tibbiyot xodimlari orasidagi patogen
stafilokokk tashuvchilar va yiringli kasalliklar bilan og’riydigan bemorlar
hisoblanadi. Stafilokokk bakteriyasi quyosh nuri ta’sirida 4-5 soatdan keyin o’ladi,
turli kimyoviy moddalarga chidamsizdir, ular asosan havo-tomchi va muloqot yo’li
bilan yuqadi.
Shuning uchun operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishning asosiy
yo’li bu sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qo’llashdir. Bunda asosiy e’tibor
kasallik manbasini va yuqtirish omillarini zararsizlantirishga qaratilmog’i kerak.
Jarrohlik zallarida bakteriosid lampalar va bakteriosid filtr o’rnatilgan ventilyatsiya
bo’lishi shart.
Jarrohlik bo’limida havodagi bakteriyalar sonini kamaytirish uchun havo
tozalagichlar bo’lishi kerak. Yiringli va toza jarrohlik xonalari alohida bo’lishi
shart, bo’lmasa yiringli operaciyalar uchun alohida kun belgilanishi kerak.
Jarrohlar, jarrohlik hamshiralari va operatsiyada ishtirok etadigan barcha
shaxslar, jarroh xonasiga kirishdan oldin barcha kerakli sanitariya-gigiyenik
qoidalarni bajarishlari lozim, operatsiya uchun kerak bo’ladigan barcha uskunalar
zararsizlantirilgan bo’lishi shart. Ish latilgan uskunalar va bog’lov materiallari
alohida idishga yig’iladi. Yiringli va toza bog’lov xonalarini ajratish zarur, agar
bog’lov xonasi 1 ta bo’lsa, u holda yiringli bog’lovlar toza bog’lovlardan so’ng
o’tkaziladi, keyin esa xona va asboblar zararsizlantiriladi. Bog’lov xonalarida
ishlovchi vrachlar, hamshiralar xalat, maska va qalpoqlarini har kuni
195
almashtirishlari zarur, bog’lovdan so’ng qo’llarini zararsizlantirishlari shart.
Jarrohlik bloklari, operatsiyadan keyingi palatalar, bog’lov xonalari, reanimatsiya
bo’limi kuniga 2-marotaba dezinfeksiyalovchi suyuqlik bilan artilishi shart.
Jarrohlik bloki va bog’lov xonalarida haftasiga 1-marotaba umumiy tozalash
o’tkazilishi kerak.
Hozirgi vaqtda shifoxonalarda salmonellyozlar namoyon bo’lishi
kuzatilmoqda. Bu kasallik asosan bolalar shifoxonalarida, tug’ruq muassasalarida
namoyon bo’lmoqda. Bunga asosiy sabab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga
rioya qilmaslik va sanitariya-gigiyenik qoidalarni buzish hisoblanadi.
Shifoxonalarda salmonellyoz bilan kasallanishda asosan salmonella
tifimurium serovarining "Gospital shtammlari" chaqirmoqda. Bu serovar asosan
odamlar orasida maishiy-muloqot yo’li bilan tarqaladi, antibiotiklarga va
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo’ladi.
Salmonellalar shifoxonaga turli yo’llar bilan tushadi. Asosan shifoxonaga ich
buzilishi bilan kelgan bemor orqali, bolalarni parvarish qilayotgan onalar orqali
hamda tibbiyot xodimlari orqali tushishi mumkin.
Shifoxonaga tushgan bakteriyalar antibiotiklar va turli xil dezinfektantlar
ta’siriga chidamli shifoxonaning yangi shtammlariga aylanadi va ular maishiy
muloqot yo’li orqali boshqa bemorlarga tarqalishi mumkin. Bunda tibbiy
xodimlarning bemorlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berish kerak. Tibbiy
xodimlar parvarish vaqtida salmonellalarni qo’llari, xalatlari yordamida
tarqatadilar, ya’ni bir bemorni ko’zdan kechirgandan so’ng qo’llarini
zararsizlantirmasdan boshqa bemorni parvarish qilishga o’tadilar. Bolalarni
parvarish qilayotgan onalar ham boshqa bemorlar bilan muloqotda bo’ladilar va
ular ham bakteriyalarni tarqatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: