121
Axborot uchun ma’lumot
Ich terlama (qorin-tifi) - isitma bilan kechuvchi og’ir kasallik bo’lib,
bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, jigarning, taloqning kattalashishi va ingichka
ichak limfoapparatlarining faoliyatlari buzilishi bilan xarakterlanadi.
Qo’zg’atuvchisi salmonella guruhiga mansub S. Typhi abdominalis. Tashqi
muhitda juda chidamli, fizik va kimyoviy ta’sirlarga ham chidamli. 2 ta antigeni,
ya’ni somatik 0 antigen va xivchinli N antigenlari bor. O antigenga qo’shimcha
antigeni ham mavjud bo’lib, u virulentlik (Vi) antigeni deb ataladi. Xivchinlari
bo’lib, ular yordamida harakatlanishadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gramm
manfiy, hamma anilin bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Tuproqda - 2-3 oy, suvda - 2
haftagacha va undan ortiq, oziq-ovqat mahsulotlarida - bir necha haftagacha, meva
va sabzavotlarda - 10 kungacha saqlanishi mumkin. Qorin tifidan o’lganlarda 3-4
haftadan keyin ham bakteriyalar ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Dezinfeksiyalovchi
vositalar yuqori konsentratsiyada bo’lganda ta’sir qiladi.
Respublikamizda oxirgi 20 yilda qorin tifi va paratif
kasalliklari kamayganligi
kuzatiladi. Qorin tifi bilan kasallanish ko’rsatkichlari 2 martaga kamaygan. Biroq
so’nggi vaqtlarda ba’zi viloyatlarda qorin tifi kasalligining o’sayotganligi
kuzatilayapti, jumladan o’sish ko’rsatkichlari Toshkent, Jizzax va Samarqand
viloyatlarida qayd etilgan.
Kasallik qo’zg’atuvchisining manbai - kasal bo’lgan odam (rekonvalessentlar,
bakteriya tashuvchilar), paratif V da esa hayvonlar va qushlar ham infeksiya
manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin.
Bemorlar qo’zg’atuvchilarni butun kasallik davrida ajratadilar, ayniqsa,
dastlabki 2-3 haftada ko’p ajraladi, temperatura pasaygach, ya’ni 14 kunlardan
keyin bakteriya ajratish to’xtaydi. Rekonvalessensiya davrida ko’pgina odamlar
qo’zg’atuvchilardan xalos bo’ladilar, lekin bundan keyin ham ayrim odamlarda
kasallik qaytalanishi mumkin, 10-15% rekonvalessentlar o’tkir (3 oygacha), 3-5%
kishilar surunkali (3 oydan ko’proq) tashuvchi bo’lib qoladilar.
Bundan tashqari tranzitor tashuvchilik ham bor. Bunday tashuvchilik
immuniteti mustahkam yoki kasal bo’lib o’tgan odamlarda bo’lishi mumkin.
Bunda qo’zg’atuvchi faqatgina najasda aniqlanadi. Safro yoki siydikda bir marta
aniqlansa ham unday shaxslar surunkali tashuvchi hisoblanadilar. Shuni ta’kidlab
o’tish kerakki, hozirgi paytda ich terlama qo’zg’atuvchilarini surunkali tashuvchi
shaxslar epidemik jarayon saqlanib turishida va qo’zg’atuvchining biologik tur
sifatida saqlanib turishida katta rol o’ynaydilar.
Ich terlama antroponoz kasallik bo’lib, bu kasallikka qarshi chora-tadbirlar
Respublika SSVining 1993 yil 23.06 da tasdiqlangan 292-sonli buyrug’i -
"O’zbekistonda qorin tifi va paratiflarni yanada kamaytirish chora-tadbirlari"
asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: