2-
AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirish
Mashg’ulot maqsadi:
2.1. Korxona strategiyasining mazmuni va mohiyati
2.2.Korxonalarning bozordagi strategiyasi
2.3.
Ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish strategiyasining shakl va
bosqichlari
2.4.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi va uning samaradorlik mezonlari
o’rgatishdan iborat.
AMALIY MASHG’ULOTNI BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
Topshiriq. Mavzuga doir muammoli vaziyatlarni yechimini toping.
Muammolar yechimini izlashda “Fikrlar xujumi” usulidan foydalaning.
1-ilova
Fikrlar hujumi – amaliy yoki ilmiy muammoni hal qilishda g’oyalarni gurux
bo’lib ilgari surish usuli. Fikrlar hujumi vaqtida ishtirokchilar birgalikda qiyin
masala yoki muammoni yechadilar. Iloji boricha ko’proq g’oyalar taklif etilib, ular
tanqid ostiga olinmaydi. Bu usulning afzalligi ham shundan iborat bo’lib, har
qanday g’oya, hatto mantiqsizlari ham hisobga olinadi. Ularning hammasi yoziladi,
tahlil qilinadi, baxolanadi va shundan knyingina ularning ichidan eng samarali,
optimal ratsional yechimi tanlab olinadi.
Fikrlar hujumida quyida keltirilgan 3 ta muammo bo’yicha guriux talabalari 3
ta kichik guruhga bo’linadilar. Har bir kichik gurux ishtirokchilari o’zaro
birlashib, muammo va kichik muammolar ustida ishlaydilar. Munozara 1
soatgacha davom etadi.
Muammolar
1-muammo. Nima deb o’ylaysiz, nima uchun sanoat tarmoqlari va ularning
faoliyatini rivojlantirish hozirgi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy faoliyat turi
bo’lib qolmoqda?
Kichik muammolar.
1. “Texnologiya” termini ma’nosi nima?
2. Mexanik texnologiya tushunchasini-chi?
3. Ximiyaviy texnologiya tushunchasini-chi?
2-muammo. Ustuvor tarmoqlar va ularning rivojlanishi nimaga bog’liq?
Kichik muammolar.
1. Tarmoqlar va sohalarni 4 xil katta guruxlarga bo’lishga nima sabab bo’lgan?
2. Sohalar va tarmoqlar bir-biridan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
Kichik muammolar.
1. Ijtimoiy ishlab chiqarishni qaysi xususiyatlariga qarab tarmoqlarga
bo’lininadi?
2. Birinchi guruh o’z ichiga qaysi tarmoqlarni oladi?
3. Ikkinchi guruh o’z ichiga qaysi tarmoqlarni oladi?
4. Uchinchi guruh o’z ichiga qaysi tarmoqlarni oladi?
5. Tщrtinchi guruh o’z ichiga qaysi tarmoqlarni oladi?
3-muammo. Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan
muammolar nimada deb bilasiz?
Kichik muammolar.
1. «Uy sanoati»ning rivojlanishiga nima sabab bo’lgan?
2. IX- XX asrlarda sanoatning rivojlanishi xaqida nimalarni bilasiz?
3. Urush va urushdan keyingi yillardagi sanoat taraqqiyotiga qaratilgan
e’tibor xaqidagi fikrlaringiz ?
4. Respublika mustaqillikka erishishi bilan O’zbekiston hukumati tomonidan
sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xaqida nimalarni
bilasiz ?
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i.
2.Sanoatning asosiy xususiyatlari va sanoat ishlab chiqarishining milliy
iqtisodiyotning boshqa sohalar bilan o’zaro bog’liqligi nimalarda namoyon
bo’ladi?
3.O’zbekiston sanoatining rivojlanish bosqichlari va sanoat tarmoqlarining
taraqqiyoti.
4.Sanoat va bozor xo’jaligi hamda uning xorijiy bozorga chiqish imkoniyatlari
va yo’llari nimalardan iborat?
5.Sanoat ishlab chiqarishning xalqaro hamkorlik sohasidagi vazifalari
nimalarni taqazo etadi?