3.Per Jozef Prudon. Prudonning iqtisodiy nazariyasi.
Per Jozef Prudon (1809-1855)- fratsuz publisisti, mayda ishlab
chiqaruvchilar nazariyatchisi, kambagal kosib oilasida tugilgan. Moddiy
jixatdan nochorligi sababli kollejdagi ukishni bitira olmagan.
Sherik hamkorining mablagi xisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatgan.
Zo‘r berib o‘z maxsulotini oshirish bilan shugullangan. Ilm - fanni o‘rganishni
avvalo muxtojlikdan ko‘tilish usuli deb biladi. K.Marks bilan shaxsan tanish
bo‘lgan.
P. Prudon feodalizmga kaytib bo‘lmaslikni, kapitalizmni tan oladi. Ammo
u mayda ishlab chiqarishni saklab qolishni taklif qiladi. P. Prudon qarashlari
butun tuzum reformizmi, ishchilar sinfiga dushmanlik ruxi bilan sug‘orilgandir.
P. Prudon proletariatning o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlari uchun ko‘rashiga
qarshi. U ishchilarning ish tashlashini g‘ayri qonuniy deb e’lon qiladi.
P. Prudon avval kapitalizmning tankidchisi bo‘lib maydonga chikdi.
"Mulkchilik nima"(1840) degan asari unga zo‘r shuxrat keltirdi. Bu asarda xali
Prudonning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. "Iqtisodiy ziddiyatlar
sistemasi yoki kashshoklik falsafasi" asarida P. Prudon kapitalizmni islox
qilishning amaliy dasto‘rini ishlab chikishga, siyosiy ko‘rashning bexudaligi va
davlat xoqimiyatiga extiyoj yo‘qligi to‘g‘risidagi anarxiyachilik qarashlarini
asoslashga o‘rindi, Fransiya xukmdorlarini o‘zining siyosiy xayrixoxligiga
ishontirishga o‘rindi.
P. Prudonning nazariy qarashlariga xos xususiyatlar kuyidagilar: 1)
Sub’ektivizm; 2) Iqtisodiy qonunlar ob’ektivligini inkor etish; 3) "Eklektizm"
(fikrlar korishmasi); 4) Mantikiylikning tarixiylikdan ajralib qolishi; 5)
"Iqtisodiy kuchlar", mexnat taksimoti, raqobat, ayirboshlash, kredit, mulkchilik
kabi muxim nazariyalarning mavjudligi; 6) Ayirboshlash nuktai nazaridan
yondoshdi. P. Prudon siyosiy iqtisodni "akl-zakovotning abadiy qonunlari"
to‘g‘risidagi fan deb bildi, iqtisodiy xodisalarga nemis faylasufi Gegelning
dialektikasi nuktai nazaridan qaraydi.
Prudon Sismondi kabi mayda ishlab chiqarishni qo‘llaydi, ammo
kapitalizmni (yirik ishlab chiqarishni) isloxotlar yo‘li bilan to‘g‘rilash mumkin,
degan xulosaga keladi.
30
P. Prudon o‘zining mayda ishlab chiqaruvchilar konsepsiyasini maydonga
tashlar ekan, juda ko‘p masalalar xususida fikrlarni bayon etadi. Mexnat
taksimoti, tovarning xususiyati, ish xaqi, mulkchilik, kapital, foyda, foiz,
qiymat va boshqa muammolarni o‘z iqtisodiy romantizm pozitsiyalarida turib
aktiv tadqiq qiladi.
"Belgilangan qiymat" nazariyasini P.Prudon o‘zining butun iqtisodiy
negizi deb xisoblaydi. Bunda klassik maktabdan o‘zib ketish pinxona istagini
emas, shu bilan birga, iqtisodiy o‘zgarishlarning yo‘llarini belgilab berish istagi
namoyon bo‘ldi. Binobarin, tovar ishlab chiqarishning hamma qiyinchiliklarini
bartaraf qilish uchun xar bir tovarga "belgilangan" qiymat kuyib kuyish yoki
uni bozarda sotilishga kafolat berish, tovar bilan pul o‘rtasidagi ziddiyatni
tugatish zarur. P. Prudon tilla bilan kumushni "belgilangan" qiymatga ega
bo‘lgan dastlabki tovarlar deb ataydi.
U pulga qarshi edi, ammo davlat banki tuzish, «ishchi puli» (talon) ni joriy
qilishni taklaf etadi, axoli o‘z maxsulotini bankka topshirib, ishchi puli oladi va
unga kerakli boshqa maxsulotlarni oladi, maksad iste’mol mollari ishlab
chiqarishni qo‘llashdir.
Aslida esa Prudon o‘z g‘oyasiga qarshi chiqmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |