GAZLARDA ТOK.
MUSТAQILMAS VA MUSТAQIL GAZ RAZRYaDLAR.
Gaz elektr tokini o’tkazishi uchun uning molekulalarining loaqal bir qismi
tashqi ta’sir (ionizator) ostida ionlanishi (ya’ni ionlarga aylanishi) kerak.
Ionlashishda gaz molekulasidan odatda bitta elektron uzilib chiqadi, buning natijasida
molekula musbat ion bo’lib qoladi. Uzilib chiqqan elektron bir muddat erkin qoladi,
yoki darhol gazning neytral molekulalaridan biriga birlashadi ("yopishib oladi") va
molekulani manfiy ionga aylantiradi. Shunday qilib, ionlashgan gazda musbat ionlar
ham, manfiy ionlar ham, erkin elektronlar ham bo’ladi.
Molekula (atom) dan bitta elektronni uzib chiqarish uchun ionizator ma’lum
ish bajarishi kerak, bu ish ionizatsiya ishi deb ataladi; ko’pchilik gazlar uchun uning
qiymati 5 dan 25 ev gacha chegarada bo’ladi.
Gazda ionizatsiya bilan birga ionlarning rekombinatsiyalanish protsessi ham
boradi. Natijada ionlarning ma’lum konsentratsiyasi bilan xarakterlanuvchi
muvozanat holat qaror topadi, ionlarning bunday konsentratsiyasi ionizatorning
quvvatiga bog’liq bo’ladi.
Ionizator ta’siri to’xtaganda gaz ionlarining konsentratsiyasi darhol nolgacha
kamayadi (rekombinatsiya va ionlarning tok manbai elektrodlarga yopishishi sababli)
va tok to’xtaydi. Mavjud bo’lishi uchun tashqi ionizator zarur bo’lgan tok
mustaqilmas gaz razryadi deyiladi.
Anchagina kuchli elektr maydonidagi gazda o’z-o’zidan ionlanish protsessi
boshlanadi, buning natijasida gazda tok tashqi ionizator bo’lmaganda ham mavjud
bo’lishi mumkin. Bunday turdagi tok mustaqil gaz razryadi deyiladi.
O’z-o’zidan ionlanish protsesslari umumiy tarzda shunday bo’ladi. Тabiiy
sharoitda gazda hamma vaqt ham oz miqdorda erkin elektronlar va ionlar bo’ladi,
ular kosmik nurlar va atmosferada, tuproqda va suvda bo’ladigan radioaktiv
moddalarning nurlanishidan iborat sun’iy ionizatorlar ta’siridan hosil bo’ladi.
Anchagina kuchli elektr maydoni bu zarralarni shunday tezliklargacha tezlatishi
mumkinki, ularning kinetik energiyasi ionizatsiya ishidan katta bo’ladi.
Bunda elektronlar va ionlar (elektrodlarga qarab ketayotganda) neytral
molekulalar bilan to’qnashib, bu molekulalarni ionlashtiradi. Тo’qnashishlarda
hosil bo’ladigan yangi (ikkilamchi) elektronlar va ionlar ham maydon tomonidan
tezlashtiriladi va o’z navbatida ular ham yangi neytral molekulalarni ionlashtiradi va
hokazo. Gazning bunday o’z-o’zidan ionlashishi zarba bilan ionlashish deyiladi.
Erkin elektronlar maydon kuchlanganligi 10
3
v/m tartibida bo’lganidayoq zarb
bilan ionlashtirishi mumkin. Ionlar esa maydon kuchlanganligi 10
5
v/m tartibida
bo’lgandagina zarb bilan ionlashtira oladi.
9 - chizmada gazdagi I tok kuchining maydon kuchlanganligi Ye ga yoki
L
U
E
bo’lgani uchun, maydon manbaining katodi va anodi orasidagi kuchlanish U ga
bog’lanishining eksprimental grafigi berilgan, bu yerda L - elektrodlar orasidagi
masofa. Egri chiziqning O
a
qismidagi tok maydonning kuchlanganligiga taxminan
proporsional (ya’ni Om qonuniga muvofiq) o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |