3-Mavzu: “Buyuk Ipak yo’li” va hozirgi zamon


Ikkinchi masalada talabalarni quyidagilarga jalb etish mumkin



Download 220,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana14.08.2021
Hajmi220,24 Kb.
#147463
1   2   3   4
Bog'liq
3-семинар

Ikkinchi masalada talabalarni quyidagilarga jalb etish mumkin. O’zaro urushlarning susayishi 

va  Markaziy  hokimiyatning  kuchayishi  natijasida  mamlakatning  turli  viloyatlari  o’rtasidagi  iqtisodiy 

aloqalar rivojlanib bordi. Movarounnahrning qishloq va shaharlaridan Samarqand bozoriga keltiriladigan 

va muayyan talablarga javob beradigan mahsulotlarning bir qismi chet ellik savdogarlarga sotish va boshqa 

shaharlarga jo’natish uchun mo’ljallanardi. Keng tarmoqli Buyuk Ipak yo’li Movarounnahr shaharlarini 

Hindiston, Eron, Volga bo’yi, hozirgi Afg’oniston, Xitoy, Turkiya shaharlari bilan bog’lardi. Amir Temur 

O’rta Osiyo orqali Xitoy, Hindiston, Yaqin SHarq va Yevropa mamlakatlarini tutashtiruvchi Buyuk ipak 

yo’lida  savdo  karvonlarining  xavfsizligini  ta’minlash,  rabot  qal’a  va  ko’priklar  qurishga  katta  e’tibor 

berganligi tufayli Sharq va G’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari juda rivojlandi. 

Amir  Temur  davlatining  rivojida  savdoning  ahamiyatini  juda  yaxshi  tushunar  edi.  SHu  nuqtai 

nazardan  u  siyosiy  va  iqtisodiy  masalalarni  hal  etishga  harakat  qilardi.  Kichik  Osiyoda  bo’lgan  vaqtida 

Amir Temur Frantsiya qiroli Karl VI va ingliz qiroli Genrix IV bilan olib borgan diplomatik yozishmalarida 

g’arb  mamlakatlari  bilan  muntazam  savdo  aloqalari  o’rnatish  istagini  bildiradi.  Savdogarlarning  diniy 

mansubligidan  qat’i  nazar,  ularni  savdo  erkinligi  bilan  ta’minlash  ikki  tomondan  qo’yilgan  muhim 

shartlardan biri edi. Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklarini tahlil etish shuni ko’rsatadiki, 

u bu yerga faqat diplomatik vazifalarni bajarishgina emas, balki Ispaniya bilan Markaziy Osiyo o’rtasida 

savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida Samarqanddagi mollar narxi, keyinchalik Ispaniyadan keltirilishi 

mumkin  bo’lgan  va  mahalliy  savdogarlarni  qiziqtirgan  mahsulot  turlarini  aniqlashni  ham  maqsad  qilib 

olgan edi. Amir Temur savdo yo’llarini yaxshi saqlashga juda katta e’tibor bilan qarab, ular saltanat siyosiy 

va ijtimoiy hayotining asosiy qon tomiri deb hisoblagan. Amir Temur buyrug’iga binoan ko’pincha dala 

o’rtasida, janubiy g’arbiy viloyatlardan Samarqandda eltuvchi yo’llarda to poytaxt shaharga qadar savdo 

ahli, elchilar, sayohatchilar to’xtab dam olishlariga mo’ljallangan “katta uylar” – karvonsaroylar qurilgan. 

Bundan  tashqari  ot  saqlanadigan  bekatlar  ham  tashkil  etilgan  edi.  Bunday  maskanlar  muhim  karvon 

yo’llarining  barchasida  bo’lib,  ularda  doim  xorigan  otlarni  almashtirib  olish  mumkin  edi.  Aholi 

yashaydigan  yerlardan  ancha  uzoqda,  dashti  biyobonlardan  o’tadigan  karvon  yo’llarida  joylashgan 

karvonsaroylar maxsus irrigatsiya inshootlari yordamida suv bilan ta’minlanardi. 

Bu  davrda  O’rta  Osiyo  shaharlarining  SHarq  mamlakatlari  bilan  savdo-iqtisodiy  va  madaniy 

aloqalari Buyuk Ipak yo’lining an’anaviy tarmoqlari orqali amalga oshirilgan. Bu yirik yo’l orqali kechgan 

iqtisodiy  jarayonga  Samarqand,  Buxoro,  Urganch,  Toshkent,  Andijon  kabi  savdo  hunarmandchilik 

markazlarigina  emas,  balki  Movarounnahrning  ancha  mayda  shahar  va  qishloqlari  ham  jalb  etilgan  edi. 

Movarounnahrning Xitoy bilan savdo aloqa-diplomatik aloqalari kengayib borgan. Xitoy imperatorining 

temuriy hukmdorlarga yuborgan sovg’alari ro’yhatida aholining yuqori tabaqasi ehtiyojlarini qondirishga 

mo’ljallagan mollar, xususan, chinni buyumlar, ov qushlari, qog’ozning alohida sifatli navi va boshqalar 

mavjud  edi.  Ikki  davlat  o’rtasida  mahsulot  ayirboshlashda  hunarmandlar  uchun  zaruriy  nimmahsulot 

almashish katta o’rin tutganki, bu turli hududlar aholisining iqtisodiy aloqalari rivojlanganligidan dalolat 

beradi. Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqand karvonlari bilan Xitoyga borgan savdogarlarning soni, 

ular savdosining hajmi haqida ham xabar berib o’tadi. Haqiqatdan ham Amir Temur va temuriylar davrida 

Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati juda keng qamrovli bo’ldi. 




Download 220,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish