§14. YOPISHQOQ SUYUQLIKNING TRUBADAGI HARAKATI
Reja:
1. Suyuqlikning turlari va harakati.
2. Suyurlik va gaz harakat tezligini aniqlash.
3. Suyuqlikning laminar oqimi.
51
4. Suyuqlikning va gazlarning turbulent harakati.
Tayanch iboralar: Suyuqlik, harakat, tezlik, yopishqoq, nay, laminar,turbulent,
yuza.
Doiraviy truba bo’ylab suyuqlik oqayotganda uning devorlarida oqim tezligi
nolga, o’qi bo’ylab esa maksimal qiymatga ega bo’ladi. Oqimni laminar deb truba
o’qidan r masofada tezlikning o’zgarish qonuniyatini aniqlaymiz. Buning uchun
radiusi r va uzunligi l ga teng bo’lgan silindrni xayolan ajratib olamiz (34-rasm).
34-rasm
Oqim statsionar bo’lganda trubaning o’zgarmas kesimi bo’ylab suyuqlik
zarrachalarining hammasi o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi. Binobarin, suyuqlik
istalgan zarrachasining hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlarning yig’indisi nolga teng
bo’ladi. Qaralayotgan silindrning asosiga ta’sir qilayotgan bosim kuchlarining
yig’indisi (P
1
-P
2
)πr
2
. Bu kuch suyuqlikning oqim tezligi yo’nalishi bo’ylab ta’sir
etadi. Undan tashqari silindrning yon sirtiga quyidagicha ishqalanish kuchi ta’sir
etadi:
Statsionar sharti bajarilishi uchun
rl
dr
d
r
P
P
2
2
2
1
(136)
bo’lishi kerak. Tezlik truba o’qidan masofa ortishi bilan kamaya boradi. Demak,
dr
d
manfiy qiymatga ega bo’lib
dr
d
dr
d
. Buni hisobga olib, (136) tenglikka
quyidagicha o’zgartirish kiritamiz:
(137)
Bundan
(138)
52
Tenglamani olamiz. Buni integrallash natijasida tezlikni aniqlashga ega bo’lamiz:
(139)
Integrallash doimiysi c ni shunday tanlash kerakki r=R bo’lganda
(R-truba radiusi) tezlik truba devorlarida nolga teng bo’lsin. Bu shartdan
(140)
Buning qiymatini (139) ga qo’ysak quyidagi tenglamani olamiz:
(141)
Binobarin, trubaning o’qida tezlikning qiymati
(142)
ga teng bo’ladi. Buni hisobga olsak (141) formula quyidagi ko’rinishga keladi.
(143)
Shunday qilib, laminar oqimda trubaning o’qidan masofa ortishi bilan tezlik
parabolik qonuniyat bilan o’zgaradi (35-rasm).
35-rasm
Turbulent oqim bo’lganda oqim tezligi har bir nuqtada tartibsiz holda o’zgaradi.
Tashqi sharoit doimiy bo’lganda trubaning kesim yuzida har qanday nuqtaning
o’rtacha tezligi vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’ladi. Turbulent oqimda o’rtacha tezlik
profili 36-rasmda tasvirlangan.
53
36-rasm
Tezlik truba devorlarida laminar oqimdagiga qaraganda tezroq o’zgaradi,
kesimning boshqa nuqtalarida esa sekinroq o’zgaradi.
Oqimni laminar deb tasavvur qilib, trubaning ko’ndalang kesimi orqali vaqt
birligi davomida oqib o’tayotgan suyuqlik oqimi Q ni hisoblaymiz. Trubaning
ko’ndalang kesimini dr radiusiga ega halqalarga bo’lamiz (37-rasm). R radiusli xalqa
orqali bir sekunda oqib o’tadigan suyuqlikning
37-rasm
hajmi xalqa yuzasi 2πrdr bo’lgan truba o’qidan r masofadagi nuqtalardagi tezlikning
ko’paytmasiga teng. (143) formulani hisobga olib
(144)
ni hosil qilamiz. Q oqimni olish uchun (144) ni r dan R gacha oraliqda
integrallaymiz:
(145)
(S-trubaning kesim yuzasi). (145) formuladan ko’rinadiki, laminar oqimda tezlikning
o’rtacha (kesim bo’yicha) qiymati truba o’qidagi tezlikning yarmiga teng. (142) dagi
V
0
ni (145) ga qo’ysak, oqim uchun quyidagi formulaga ega bo’lamiz:
(146)
Bu formulaga Puazeyl formulasi deyiladi. (146) ga asosan, suyuqlik oqimi trubaning
birlik uzunligiga to’g’ri keluvchi bosimlar farqiga to’g’ri proporsional va
suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsiyentiga teskari proporsional ekan. Puazeyl
formulasi suyuqlikning laminar oqimiga qo’llaniladi.
D.Bernulli tenglamasi va Puazeyl formulasi texnikada, biologiyada va
tibbiyotda suyuqlik va gazlarda oqim jarayonlarini o’rganish uchun keng miqyosda
qo’llaniladi. Masalan, qon arteriya va vena murakkab tizimida yurak tomonidan
haydaladigan yopishqoq suyuqlikdan iborat. Qonning tana bo’ylab oqim tezligi
yetarlicha kichik, shuning uchun oqimni laminar deb hisoblash mumkin, qon
54
molekulalari orasidagi tutinish kuchlari tufayli arteriyaning ichki devorlari yaqinida
qon oqishi bo’lmaydi. Demak, qon arteriya o’rtasida tezroq oqadi, devorlari yaqinida
esa tezligi nolga teng bo’ladi. Agar qonning yopishqoqligi η bo’lsa, uning tezligi
yopishqoq suyuqlikning oqimi uchun chiqarilgan tenglamalar yordamida aniqlanadi.
Qon tezligi o’zgarishining devorlargacha bo’lgan masofaga bog’lanishi 38-rasmda
berilgan bo’lib uning ko’rinishi 35-rasmda tasvirlangan manzara bilan mos tushadi.
38-rasm
Bernulli tenglamasiga ko’ra bosim o’zgarishi ham kuzatiladi. Devor yaqinida
tezlikning kichik ekanligi u yerda bosimning katta ekanligidan dalolat beradi.
Trubaning o’rtasida tezlik katta, bosim esa kichik bo’ladi. Arteriyada qatlam
tezliklari va bosimning taqsimoti 39-rasmda tasvirlangan. Oqim tezligining qon
tomiri o’rtasigacha bo’lgan masofaga bog’liqligi qon hujayrasini o’rtacha itaradigan
bosimning o’zgarishiga olib keladi.
39-rasm
Arteriyalar, kapillyarlar va venalardan iborat qon aylanish tizimida bosimning
o’zgarishi 40-rasmda berilgan
Arteriya devorlari
Arteriya devorlari
55
40-rasm
Ko’p hollarda suyuqlik yoki gazlarda qattiq jismning harakatiga doir
masalalarni qarashga to’g’ri keladi. Masalan, snaryad, samolyot va qushlarning
uchishi, baliqlarning suvda suzishi va h.k. Bu holda jismga har xil kuchlar ta’sir etadi.
Samolyotni kashf qilish uchun olimlar qushlarning uchish mexanizmiga e’tibor
qilganlar. Qushlarda qanot asosiy vazifani o’taydi. Qanotning harakati esa tirsak
muskullarning harakati yordamida amalga oshadi. Uning yuzasi qanotning ustma-ust
joylashishi hamda qomatini o’zgartish yo’li bilan o’zgartiriladi. Ko’rish maydonining
o’zgarishi uchish pardasining old qismini ko’p yoki oz taranglanishi orqali amalga
oshiriladi, ataka burchagi esa yelka, boldir va barmoqlarning ixtiyoriy va majburiy
harakatlantirish tufayli yuz beradi. Qushlar organizmining havoga moslashuvi nafaqat
uchish organlarining tuzilishi, balki ularning vazni kichik bo’lgani uchun ham tez
ro’y beradi. Uchadigan qushlar orasida tuyaqush va saqqaqushlar 13-20 kg vaznga
ega. Ba’zi qushlar 1,8 g dan kichik vaznga ega. Qushlar uchishining sababi qanotlari
yordamida ko’taruvchi, ilgariga harakatlantiruvchi aerodinamik kuchlar hosil qilib
ularni havoda harakatlanishini ta’minlashdan iborat.
41-rasm
P
,mm
.s
im
.us
t
Aorta Arteriya Arteriyalar Koplyarlar Venalar
56
42-rasm
Qanotlari bilan aerodinamik kuch hosil qilinishiga sabab qanotning qavariq-botiq
yuzasi orqali havo oqimi esishidir, chunki botiq sirt tagida bosim ortishi, qavariq sirt
ostida esa bosimning kamayish jarayoni yuz beradi. Oqibatda qanotda R natijalovchi
kuch yuzaga keladi va bu kuch, harakatga qarama-qarshi, yuqoriga va yon tomonga
burchak ostida yo’nalishga ega bo’ladi. To’liq aerodinamik kuch R ko’tarish kuchi P
va harakatga qarshi tormozlovchi, ya’ni peshona qarshilik kuchi Q ning
yig’indisidan iborat bo’ladi. Aerodinamik kuch qo’yilgan nuqta aerodinamik kuch
bilan qanot sirtining yuqorigi qismi bilan kesishgan nuqtasi hisoblanadi. Unga qanot
bosimining markazi deyiladi.
43-rasm
havo oqimi
ataka burchagi
57
Do'stlaringiz bilan baham: |