Tayanch iboralar: Kuch, massa, o’zaro ta’sir, tezlanish, impuls.
Dinamika jism harakati va uning yuzaga kelishi va o’zgartirish sabablarini
birgalikda bog’lab o’rganadi. Uning asosini dinamika qonunlari tashkil etadi.
I. Nyutonning birinchi qonuni
Har qanday moddiy nuqta (jism) o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis
harakat holatini tashqi jismlar ta’sir etib, bu holatini o’zgartmaguncha saqlaydi.
Jismlarning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlarning
ta’siri bo’lmaganda saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |