Pedagogika. Psixologiya



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

Tayanch  iboralar:  shaxslararo  munosabat,  guruh,  referent  guruh,  individual  xususiyatlar,  xarakter, 

temperament, qobiliyat, mehnat faoliyati, kasbiy fikrlash, kasb tanlash, mehnat tarbiyasi; 



7. 1. Shaxs va guruh.  

  Shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs ma'lum insonlar davrasida, guruhida, 

jamoada  bo'lgan  takdirda  ro'y  beradi.  Shuning  uchun  ham  mutaxassislar  jamoalarda  ro'y  beradigan 

shaxslararo ta'sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini 

tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak. 

  Har  bir  shaxsning  fe'l-atvorida,  hatti-harakatlarida  u  mansub  bo'lgan  millat,  halk,  xudud, 

professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi mukim guruhi, oilasining ta'siridan paydo 

bo'lgan sifatlari va xususiyatlari bo'ladi. Mehnat jamoasida professoinal rollarni bajarish jarayonidagi 

xulq-atvori shaxsning  ma'naviy va psixologik ko'rinishidagi asosiy omil bo'lib, katta yoshdagi odam 

psixologiyasini  tubdan  o'zgartirish  uchun  uning  professional  faoliyatini  ham  o'zgartirish  kerak, 

deyiladi. 

Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o'zida turli ijtimoiy guruhlarning ta'siri bo'lib turadi. To'g'ri, 

ma'lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta'siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa 

sal  kamroq  bo'ladi.  Masalan,  o'quvchilik  yillarida  maktabdagi  o'quvchilar  guruhining  ta'siri 

mahalladagi o'rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo'lishi, yangi xonadonga kelin bo'lib tushgan qiz uchun 

yangi  oila  muhitining  ta'siri  talabalik  guruhinikidan  kuchliroq  bo'lishi  tabiiy.  Lekin  har  bir  alohida 

daqiqada biz doimo ma'lum guruhlar ta'sirida bo'lamiz. Xo'sh, guruhning o'zi nima?  

Guruh  -  ma'lum  ijtimoiy  faoliyat  maqsadlari  asosida  to'plangan,  muloqot  ehtiyojlari 

qondiriladigan  insonlar  uyushmasidir.  Demak,  guruh  uchun  ikkita  asosiy  mezon  mavjud:  biror 

faoliyatning bo'lishligi (mehnat, o'qish, o'yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u erda odamlarning 




o'zaro  muloqoti  uchun  imkoniyatning  mavjudligi.  Guruh-  bu  muayyan  belgiga,  masalan,  sinfiy 

mansublikka,  birgalikda  faoliyat  ko’rsatishning  mumkinligiga  va  uning  xarakteriga,  tashkil  topish 

xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham 

shunga  muvofiq  tarzda  bo’lib,  kichik  va  katta  guruhlarga  bo’linadi  -  o’z  navbatida  ular  ham  real 

(bog’langanlik, shartli formal (rasmiy), hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojalanish darajasi 

turlicha bo’lgan ya’ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan 

guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bo’linadi. 

Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo'ladiki, 

u  ularning  niyatlari,  qiziqishlari,  harakat  normalari,  g'oya  va  fikrlariga  ergashishga  tayyor  bo'ladi, 

harakatlaridan  andoza  oladi,  ularga  taqlid  qiladi.  Bunday  guruh  psixologiyada  referent  guruh  deb 

ataladi. Amerikalik sosiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar. 


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish