61
qoldirishga rozilik berdilar. Amerikaliklar Kipr haqidagi masala yuzasidan
inglizlarni qo’llab-quvvatlashga so’z berishdi
1
.
Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda og’zaki shakldagi halqaro
shartnomalarning ikki turi mavjudligi haqida hulosa qilish mumkin.
Birinchidan hech qanday hujjatlarda qayd qilinmaydigan bitimlar. Ularga
nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi (tarixda bunday og’zaki
kelishuvlardan jabr ko’rgan davlatlar kam emas). Ikkinchidan, og’zaki
ifoda etilgan va tuzilgan, lekin ayni vaqtda u yoki bu hujjatlarda qayd
qilingan bitimlar. Bitimning to’liq mazmuni yoki asosiy qoidasi, yoki
muayyan masala yuzasidan tuzilganligi holati qayd etiladi. Ma’lumki,
og’zaki bitimlarning mazmuni ularning shakliga ko’ra keng bo’lmaydi.
Bayonotlar va kommyunike og’zaki bitimni mustahkamlashning eng
obro’li
shakllari hisoblanadi
2
.
Xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi Vena konvensiyaning 3-
moddasida qat’iylikka erishilgan. Konvensiya yozma shaklda bo’lmagan
xalqaro shartnomalarga qo’llanilmasligi bu turdagi kelishuvlarning yuridik
kuchiga ta’sir etmaydi, yana ularga mazkur Konvensiyadan qat’iy nazar,
xalqaro huquq kuchi ostida harakatlana oluvchi, ushbu Konvensiyada
bayon etilgan har qanday normani qo’llashga monelik qilmaydi deb
belgilab qo’yilgan.
Konvensiya xalqaro huquqning ijobiy kodifikatsiyasi bo’lganligi bois
undagi normalar ham og’zaki ko’rinishdagi shartnomalarda, bunday
ko’rinishning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qo’llanilishi
mumkin.
Konvensiyadan ko’rinib turibdiki, yozma shakldagi shartnomalarga
oid ko’p normalar, eng avvalo shartnoma tuzilishiga doir bo’lganlari,
og’zaki kelishuvlarga qo’llanilmaydi. Qo’llash mumkin bo’lgan normalar
og’zaki shartnomalarning faoliyatini shartnomalarning odat huquqi
normalar sifatida tartibga soladi, bu holatda normalar Konvensiyada bayon
etilganidek tushuniladi.
Bundan tashqari, shartnomalar tartibga solinadigan ob’ekti bo’yicha
ham farqlanishi mumkin:
1) Siyosiy masalalar bo’yicha
halqaro shartnomalar;
2) Iqtisodiy masalalar bo’yicha halqaro
shartnomalar;
3) Huquqiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;
1
Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров
- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.235.
2
Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.12.
62
4) Ilmiy-texnikaviy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;
5) Havfsizlik va boshqa masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar;
Xalqaro shartnomalarning amal qilish vaqti bo’yicha:
1) Muddatli;
2) Muddatsiz;
3) Qisqa muddatli shartnomalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: