Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185
Misol  uchun,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2009  yil  25 
iyundagi  “Atom  energiyasidan  tinchlik  yo’lida  foydalanish  sohasidagi  xalqaro 


143 
 
shartnomalar  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasining  majburiyatlarini  bajarish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 
№179 
sonli 
Qaroriga 
ko’ra, 
“Sanoatgeokontexnazorat”  davlat  inspeksiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  va  Atom 
energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentlik  o’rtasidagi  Yadroviy  qurolni  tarqatmaslik 
to’g’risidagi  1994  yil  8  oktyabrdagi  shartnoma  bilan  bog’liq  bo’lgan  kafolatlarni 
qo’llash  to’g’risidagi  Bitim  va  Bitimga  1998  yil  22  sentyabrda  Toshkent  shahrida 
imzolangan  Qo’shimcha  protokol  bo’yicha  hamda  O’zbekiston  Respublikasi 
Hukumati va Atom energiyasi bo’yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) o’rtasida 
atom  energiyasidan  tinchlik  yo’lida  foydalanish  sohasidagi  hamkorlik  to’g’risida 
2003  yil  6  oktyabrda  Bryussel  shahrida  imzolangan  Bitim  bo’yicha  O’zbekiston 
Respublikasining  majburiyatlari  bajarilishini  ta’minlash  borasida  vakolatli  organ 
etib  belgilangan.  Mazkur  davlat  inspektsiyasi  Atom  energiyasi  bo’yicha  xalqaro 
agentlikka  (MAGATE)  va  Yevroatomga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
axborotlar  tayyorlash  va  ularni  (bayonot,  hisobotlar,  xabarnomalar,  hisobotlarga 
qo’shimcha va tushuntirishlar) taqdim etish vazifasi yuklatildi.  
Qonunning 
29-moddasida 
O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro 
shartnomalarining  bajarilishini  kuzatib  borish,  ya’ni  monitoring  qilishdan 
iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligining vazifasi ko’rsatib o’tilgan.  
Shu  bilan  bir  qatorda,  xalqaro  shartnomalarni  bajarilishi  yuzasidan 
milliy  monitoringni  amalga  oshirish  jarayonida  quyidagi  sub’ektlar  ham 
ishtirok etishlari mumkin:  
1.  Markaziy  davlat  organlari:  sudlar  va  boshqa  huquqni  muhofaza 
qilish  organlari,  idoralararo  organlar;    shuningdek,  inson  huquqlari 
bo’yicha  xalqaro  shartnomalarni  monitoringi  sohasida  inson  huquqlari 
bo’yicha milliy institutlar. 
2.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari:  viloyat, 
tuman,  shahar  hokimliklari;  shu  bo’g’indagi  sudlar  va  boshqa  huquqni 
muhofaza qilish organlari; mahalliy darajadagi tashkilotlar va muassasalar. 
3. Fuqarolik jamiyati institutlari: fuqarolar; fuqarolarning o’zini-o’zi 
boshqarish  organlari;  yuridik  jamoatchilik  birlashmalari  (advokatura, 
sud’yalar  assotsiatsiyasi  va  boshqalar);  nodavlat  notijorat  tashkilotlari; 
ommaviy axborot vositalari. 
Xalqaro 
shartnomalarning 
xalqaro 
monitoringida 
xalqaro 
shartnomalarni  davlat  tomonidan  qanday  bajarilayotganligi  o’rganilsa, 
milliy monitoringda esa, ham xalqaro shartnoma, ham milliy qonunchilikni 
bajarilishi  bo’yicha  huquqni  qo’llash  amaliyotining  muammolari  va 
istiqbollari o’rganilishi ko’zda tutiladi.  
Masalan, 
fuqarolarning 
konstitutsiyaviy 
huquqlari 
hamda 
qonuniy 
manfaatlariga  rioya  etilishi  va  himoya  qilinishini  ta’minlash  bo’yicha  monitoring 
tekshiruvlarini o’tkazish Ombudsman faoliyatining strategik yo’nalishlaridan biridir. 


144 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha 
vakili  (Ombudsman)  tomonidan  olib  boriladigan  monitoring  inson 
huquqlari 
sohasida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligini 
takomillashtirish  va  ularni  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan 
prinsiplari  va  normalariga  muvofiqlashtirishga  ko’maklashish  bo’yicha 
faoliyati  mintaqada  inson  huquqlarini  ta’minlashning  holati  haqidagi 
ma’lumotlarni,  fuqarolarning  Vakilga  ularning  huquqlari  va  qonuniy 
manfaatlarini  buzilishi  to’g’risidagi  murojaatlarini  tahlil  qilish,  qonun 
loyihalarini  huquqiy  ekspertiza  qilish  bo’yicha  o’z  xulosalarini,  qabul 
qilinayotgan  qonun  loyihalariga  o’zgartirish  va  to’ldirishlar  kiritish, 
qonunchilikdagi  bo’shliqlarni  bartaraf  etish  to’g’risida  takliflar,  inson 
huquqlariga  oid  xalqaro  shartnomalarni  ratifikatsiya  qilish  takliflarini 
kiritish asosida amalga oshiriladi
.
1
 
Ombudsman  2005  yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi 
bilan BMTning Bola huquqlari konvensiyasi, Qiynoq hamda muomala va 
jazolashning  qattiq  shafqatsiz,  insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatni 
kamsituvchi  turlariga  qarshi  konvensiyasiga  rioya  qilishni  tekshirishda 
ishtirok  etdi.  Shu  yili  Senatning  Tashqi  siyosiy  masalalar  bo’yicha 
qo’mitasining  Xotin-qizlarni  kamsitishning  barcha  shakllariga  barham 
berish  to’g’risidagi  BMT  konvensiyasini  amalga  oshirilishini  o’rganish 
ishida qatnashdi
2

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro va milliy monitoringning nazariy 
masalalari  bo’yicha  xulosa  qilinar  ekan,  bu  sohada  monitoringni  amalga 
oshirish,  mamlakatdagi  inson  huquqlari  sohasidagi  davlat  siyosatini 
amalga  oshirishda  hamda  bu  sohadagi  umumiy  axvolni  o’rganishda 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlari sohasidagi monitoring:  
birinchidan,  inson  huquqlari  sohasida  qonunchilik  va  amaliyot 
muammolari va kamchiliklarini aniqlaydi; 
ikkinchidan, ushbu muammo va kamchiliklarni xal etishning maqbul 
vosita va usullarini topishga yordam beradi; 
uchinchidan,  milliy  qonunchilik  va  huquqni  qo’llash  amaliyotini 
yanada takomillashtiradi; 
                                                 
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги 
хисоботи. Тошкент, 2006. -Б.11. 
2
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги 
хисоботидан. 


145 
 
to’rtinchidan,  inson  huquqlari  bo’yicha  xalqaro  huquq  normalarini 
milliy  qonunchilikka  implementatsiyasi  muammolarini  aniqlaydi  hamda 
istiqbollarini belgilab beradi
1
;  
beshinchidan,  mamlakatning  inson  huquqlari  borasidagi  xalqaro 
shartnomalardan  kelib  chiqayotgan  majburiyatlarini  qay  darajada 
bajarayotganligini aniqlash imkonini beradi; 
oltinchidan, esa davlatning o’z majburiyatlarini bajarishini o’rganish 
asosida,  bunday  davlatga  nisbatan  xalqaro  hamjamiyatning  ishonchini 
hamda  bunday  davlat  bilan  kelgusida  iqtisodiy,  ijtimoiy,  savdo, 
investitsiya  va  boshqa  sohalarda  hamkorlik  olib  borish  uchun  yanada 
kengroq istiqbollarni belgilab olishga imkon beradi.  
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, inson 
huquqlari  sohasida  xalqaro  monitoringda  xalqaro  shartnomalarni  davlat 
tomonidan  qanday  bajarilayotganligi  o’rganilib,  davlatning  inson 
huquqlari  bo’yicha  faoliyatiga,  mamlakatdagi  inson  huquqlari  va 
erkinliklariga rioya etilishining ahvoliga xalqaro  miqyosda baho berilishi, 
bu borada mamlakatda yanada qilinishi lozim vazifalar belgilanishi hamda 
xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  ahvolni  yanada  yaxshilash  hamda  milliy 
mexanizmni  takomillashtirishga  yordam  berishning  imkoniyatlari  va 
istiqbollari belgilab olinadi.   
Inson  huquqlari  sohasida  milliy  monitoringda  esa,  ham  xalqaro 
shartnoma, ham milliy qonunchilikni bajarilishi bo’yicha huquqni qo’llash 
amaliyotining  muammolari  va  istiqbollari  o’rganilib,  inson  huquqlari 
bo’yicha  qonunchilikni  hamda  uni  amalga  oshirishning  milliy 
mexanizmini  yanada takomillashtirishga va pirovard natijada, mamlakatda 
inson  huquqlari,  erkinliklari  va  qonuniy  manfaatlariga  rioya  etilishi  va 
ularni himoya qilishni yanada samarali ta’minlashga erishiladi.  

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish