fanimizning predmeti bo‘lgan umumiy tushuncha sifatida axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Axloq - barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, shaxs hayotidagi hamma sohalarda
o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan qo‘yiladigan ma’naviy-ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning
munosabatlar shaklidagi ko‘rinishidan iborat bo‘lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-
harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy
hodisa.
Etikani axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb atash mumkin.
Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya’ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini
tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o‘rgatadi. Shunga ko‘ra, u tajribaviy-
bayoniy, falsafiy-nazariy va rusmiy-me’yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |