Yadro va uning komponentlari jarohatlanganda juda ko‘p
(tug‘ma) kasalliklar paydo bo‘ladi: ularga xromosomal kasalliklar
(xromosomalar soni yoki tuzilishida o‘zgarishlar bo‘ladi), masalan
monosomiya, trisomiya, polisomiya bo‘lishi mumkin. Gen kasalliklari
(birorta genning noto‘g‘ri shakllanishi yoki bo‘lmasligi oqibatida
genetik dastur buziladi va kasallik kelib chiqadi) kiradi. Kasalliklar
jinsiy xujayralarda ham, somatik xujayralarda ham bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda xujayra va uning komponentlari sababli bo‘lgan birgina
tug‘ma kasalliklar soni 4000 dan oshib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |