3. Suv o‘ti hujayralarini o‘rganish. Buyum oynasiga bir tomchi suv
tomiziladi va unga suv o‘tining kichik bo‘lakchasi joylashtirilib, usti
qoplovchi oyna bilan yopiladi. Preparat avval kichik, keyin katta
ob'ektiv orqali kuzatiladi. Hujayralar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib,
ikki qavat qalin qobiq bilan qoplangan, sitoplazmada ko‘p sonli
yumaloq-oval yashil rangli donachalar ko‘rinadi. Bular - plastidalar.
Bo‘yalmagan preparatda yadro ko‘rinmaydi. Bir nechta xujayraning
rasmini chizib, qobiq, sitoplazma, plastidalar belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |