Mashg‘ulot rejasi.
1. Piyoz pardasi hujayralarini o‘rganish. Piyoz po‘stining ichki
tomonidan pardasi ajratib olinadi va uning kichik qismi buyum
oynasiga, Lyugol eritmasi tomchisiga joylashtiriladi. Hujayralar
mikroskopda avval kichik ob'ektiv, keyin katta ob'ektiv yordamida
o‘rganiladi. Katta ob'ektivda sitoplazmaning hujayraning o‘rtasiga
joylashgan
yadroni,
undagi
yadrochalarni
ko‘rish
mumkin.
Sitoplazmaning bo‘yalmagan bo‘shliqlari - vakuolalar hisoblanadi.
Albomga bir nechta hujayraning rasmi chiziladi, sitoplazma, yadro,
vakuolalar, hujayra qobig‘i belgilab qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |