Amorf tillarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularda gap tarkibidagi so`zlar
hech qanday so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarsiz, to`g`ridan-to`g`ri birikib, bog`lanib
keladi. Bunday tillarda grammatik ma’no yordamchi so`zlar, so`z tarkibi, muzikal urg`u
va intonatsiya (ohang) orqali ifodalanadi. Mazkur vositalar so`zlar orasidagi sintaktik
munosabatni o`rnatish uchun xizmat qiladi. Amorf tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va
xitoy-tibet oilasiga mansub bo`lgan boshqa tillar misol bo`la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |