erkaklar ismini hosil qiluvchi vositalar
-boy (- voy ); Yoʻldoshboy, Kenjaboy, Koʻkanboy.
-jon (-chon); Ilhomjon, Karimjon
-bek (-beg); Izzatbek, Ilimbek, Karimbek, Lochinbek, Tillabek.
-toy; Iristoy, Sobirtoy,Sogʻintoy
-xon (-qon); Sodirxon, Muxtorxon, Azimxon
-qul; Ilashqul, Irisqul, Karimqul, Tursunqul, Mallaqul, Suyarqul.
-zod //zoda; Tojizoda, Soʻfizoda
-ulla; Inoyatulla
-mirza//-mirzo; Koʻchmirza, Solimirza.
-pochcha (aka ma’nosida)
-bachcha (-vachcha) Boyvachcha, Xoʻjavachcha, Mullabachcha.
ayollar ismini hosil qiluvchi vositalar
-a; Ikroma, Komila, Karima, Latifa, Malika
-ya(-iya); Soliya, Nuriya, Ilhomiya, Ilmiya, Siddqiya, Sofiya.
-beka //bika; Izzatbeka, Irisbeka, Karimbeka, Koʻchbeka, Tillabeka
-bibi (-bi); Niyatbibi, Irisbibi, Tillabibi, Sultonbibi,
40
-bibish(-buvish); Nurlibuvish, Xolbibish.
-bonu; Orzubonu, Ixlosbonu, Malikabonu, Suyunbonu
-buv (-bu); Ikrombu, Irisbu,Yoʻldoshbu, Kattabuv, Kenjabuvi, Lochinbu,
Soatbu, Toshbu.
-nisa\\-niso; Lutfiniso, Hayriniso, Suydiniso, Tillaniso,Tojiniso
-poshsha (-pochcha) Sultonposhsha
-oy (-oyim) Koʻkanoy, Soatoy, Sotqinoy,Tonchoy.
-xon; Ilashxon,Soʻlmasxon, Nusratxon, Shuhratxon
-banot; Izzatbanot, Tojibanot
-gul; Kenjagul, Minggul, Sohibgul, Tojigul,Tonggul.
Onomastik birlik haqida soʻz ketganida oʻzbek antroponimiyasining
birliklari deb ism, laqab, taxallus, familiya va ota ismlarni shuningdek, tarixda
rasm boʻlgan keyinchalik qoʻllanishdan chiqqan ba’zi arabcha usullarni keltiramiz.
Oʻzbek tili tarixidagi materiallar guvohlik berishicha, oʻtmishda kishi ismiga uning
mansabi, unvonlari, laqabi qoʻshib aytilar edi: Hovligʻa kirganlar toʻrt kishi edi:
biri Sayid Qosim eshikoqo edi, yana biri Qanbar Ali Qosimbek edi, yana biri
Sherquli moʻgʻul edi, yana biri Sulton Ahmad moʻgʻul edi”. A.Gʻafurov
yozishicha, oʻtmishda kishilar ismni shaxsning joni bilan bogʻliq deb hisoblashgan.
Shu sababli ism orqali shaxsning taqdiri, hayotini belgilash oʻzgartirish mumkin
deb bilishgan. Ismning ta’sir kuchiga ishonish Partov(tashlandiq,suprindi)
Sarimsoq, Yatim (yetim, noyob, topilmas), Dodor (ana shunday ism qoʻyilsa,
oʻgʻil koʻp tugʻiladi, deb hayol qilingan). Xadjar (tosh); Bakr (tuya) kabi ismlarni
yuzaga keltirgan.
Kishi nomi, ismi otasining ismi, laqabi, taxallusi, nisbalari antroponimlar
deyiladi. Antroponimika “Oʻzbek nomshunosligi’’bir qismi sifatida talqin
etilishining ma’rifiy, ma’naviy estetik asoslari bor. Sababi, bu ularni qoʻllaydigan
xalqlarning
mavjudligi
hisoblanadi.
Bugungi
kunda
barcha
xalqlarda
qoʻllanilayotgan kishi ismi familiyasi taxallusi laqabi, nisbasi kabilarning
orfografik jihatdan toʻgʻri hamda aniq yozish me’yorlarining har bir xalq yozuvi
41
tizimida qilinayotgan orfografiyalari zaminida ishlab chiqilganligi umumiy hamda
xususiy antroponimikaning yutuqlari jumlasiga kiradi. Har bir inson oʻz nomi bilan
atalsagina unga boʻlgan munosabat aniq sezilishi tadqiqotlarda koʻrsatib oʻtilgan.
Umuman kishi ismi, familiyasi taxallusi kabilar keng miqyosda jahon tilshunosligi
darajasida ancha vaqtdan buyon oʻrganilayotgani kabi oʻzbek tilshunosligida ham
tadqiqot obyektlari sifatida XX asrning 60-yillaridan boshlab to bugungi kungacha
ilmiy va amaliy jihatlardan tadqiq etilgan. Antroponimika termini uch terminga
asos boʻlgan: 1) oʻzbek nomshunosligi masalalarining bir boʻlimi oʻzbek
antroponimikasi;
2)
oʻzbek
nomlarining
yigʻindisi,
majmui
oʻzbek
antroponimiyasi; 3) oʻzbeklarning nomi, ismi, familiyasi,taxallusi nisbasini
anglatuvchi tushuncha antroponim xususiy antroponimikaning bir boʻlimi sifatida
“Oʻzbek antroponimikasi’’ni quyidagi tarzda davrlashtirib oʻrganish maqsadga
muvofiq. “Oʻzbek antrponimikasi’’ni oʻrganish tarixidan. Bunda tarixiy
taraqqiyotni e’tiborga olingan holda qadimgi turkiy, turkiy va oʻzbek
antroponimlardagi farqli xususiyatlarni e’tiborga olgan holda bir qiymatda, bir
darajada e’tirof etilishi maqsadga muvofiq. Antroponimlar M.Koshgʻariy
tomonidan oʻrganila boshlagan boʻlsa, XX asrning 60-yillaridan boshlab,
E.Begmatovning tadqiqotlari bilan ilmiy-nazariy va amaliy amallarda tadqiq etish
oʻrinli. ”Oʻzbek antroponimikasi” ning tarixiy bosqichlari quyidagilar; 1)
Islomgacha boʻlgan davrda antroponimlar; 2) XI-XIV asrlarda antroponimlar;
3)XV-XVII asrlarda antroponimlar; 4) XVIII-XX asrlarda antroponimlar; 5) XX-
XXI asrlarda antroponimlar. Oʻzbek antroponimlarining tarkibi, statistik tuzilishi
va oʻzgarishlardagi oʻziga xosliklari quyidagilar:
a) XX asrgacha erkaklar ismlari; B) XX asrgacha ayollar ismlari d) kam va
koʻp qoʻllaniladigan ismlar e) turli-tuman fonetik oʻzgarishlarga uchragan ismlar.
Antroponimikani oʻrganish xalq tarixidagi nom qoʻyishga oid an’analarni
oʻzlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |