I.3. Nomshunoslik va boshqa fanlar
“Oʻzbek tilshunosligi” ning asosiy maqsadi-mamlakatimiz hududidagi
umumiy hamda xususiy tilshunoslik masalalariga xos bahsli muammolarning ilm-
fanning zamonaviy talablariga tayanib, asosli va oʻrinli yechimlarini topishdan
iborat. Buning uchun ayni shu sohaning zamon talablariga javob bera oladigan
ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borish hamda ta’lim yoʻnalishlari tizimida mazkur
sohani ilmiy, qiziqarli va bahsli dalillar asosida oʻqitishni mukammal holatga
keltirish yoʻllarini izlash maqsadga muvofiq. Albatta bunday maqsadni amalga
oshirishga mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizlarga bu sohada beqiyos
obyektiv hamda subyektiv imkoniyatlarni yaratib bergan. Faqat ulardan zaruriyatga
qarab, oʻrinli foydalanishni kuchaytirish kerak..
Do'stlaringiz bilan baham: |