Microsoft Word k qosimova darslik


Masalni o’qish metodikasi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/228
Sana10.08.2021
Hajmi1,23 Mb.
#144059
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik

Masalni o’qish metodikasi 
 
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan 
aksariyat  kichik  she’riy,  ba’zan  nasriy  asardir.  Inson  xarakteriga  xos  xususiyatlar 
masalda  majoziy  obrazlar  −  hayvonlar,  jonivorlar  va  o’simliklar  dunyosiga 
ko’chiriladi.  Timsollarning  kinoyaviy  xarakterda  bo’lishidan  tashqari,  kulgili  savol-
javob  ham  masal  tili  va  uslubi  uchun  xarakterlidir.  Ko’pincha  masalning  kirish 
qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi. 
Adabiyot  nazariyasida  masalga  liro-epik  janrlardan  biri  sifatida  she’riy 
shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli 
hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.  
Masal  kichik  hajmli,  ammo  boy  mazmunli,  tugun,  kulьminatsion  nuqta  va 
yechimi  bo’lgan  kichik  pьesani  eslatadi.  U  biror  voqea-hodisani  qisqa,  mazmunli 
tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi. 
«Antik  adabiyotda  Ezop  masallari    juda  mashhur  bo’lgan.  O’z  ma’nosidan 
ko’chirilgan  (majoziy)  so’z  va  kinoyaviy  iboralar  orqali  qilinadigan  “yashirincha” 
tanqidning tili va uslubi  Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir 
joriy qilingan»
6

Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini 
ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy 
til  va  uslubda  yozishga  majbur  bo’lgan.  Feodal  istibdodi  sharoitlarida  yashab  ijod 
etgan  mashhur  rus  masalchisi  I.  A.  Krilov  ham,  atoqli  o’zbek  masalchisi  Gulxaniy 
ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. 
Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari 
masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi. 
O’zbek  adabiyotida  Sayido  Nasafiy,  Maxmur,  Gulxaniy  kabi  shoirlar  ham 
Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar. 
                                                 
6
 
Ҳомидий  Ҳ.  ва  бошқ.  Адабиётшунослик  терминлари  луғати.    Т.:  Ўқитувчи,  1979.  104  - 
бет. 


 
61
Hayvonlar,  parrandalar,  hasharotlar,  gullar  haqidagi  majoziy  asarlarni  bolalar 
qiziqib  o’qiydilar.  Mana  shu  nuqtai  nazardan  Sayido  Nasafiyning  “Bahoriyot” 
(“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy 
masalalarga  doir  fikr  hamda  qarashlari  bolalarning  o’qish  va  tarbiyasida  katta 
ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi. 
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan 
Najjor”  masallari  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  yoshiga  mos  keladi.  Ularda 
do’stlik,  rostgo’ylik,  qo’lidan  kelmaydigan  ishga  urinmaslik  kabi  g’oyalar  ilgari 
suriladi. 
Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga 
kelgan  kunidan  boshlab,  bilim  olishga  havas  tuyg’usi  shakllantiriladi.  Ularda  asta-
sekin  bilim  olishga  ehtiyoj  paydo  bo’ladi  va  bu  orqali  o’kuvchilar  ma’naviy  ozuqa 
ola  boshlaydilar.  Bu  bilan  bolada  kelajakka  intilish,  orzu-havas,  mehnatga 
chanqoqlik,  xayru  ehsonda  sofdillik,  ona-Vatanga  mehr-muhabbat,  fidoyilik,  milliy 
g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi. 
Jumladan,  masal  janridagi  asarlar  ham  boladagi  qo’pollik,  qo’rslik, 
yolg’onchilik,  yalqovlik,  beparvolik  kabi  illatlarni  bartaraf  etishda  yordam  beradi. 
Lekin  amaldagi  boshlang’ich  sinf  “O’qish  kitobi”  darsliklarida  masal  janriga  kam 
o’rin  berilgan.  Vaholanki,  bola  tarbiyasida  masalning  o’rni  beqiyosdir.  Masaldagi 
qissadan  hissa  o’quvchi  matndagi  e’tibordan  chetda  qoldirgan,  yuzaki  o’qib  o’tib 
ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi. 
3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) 
masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda 
ko’ngilsiz  holatlarga  tushib  qolgan  bolalarni  tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  ega. 
Ushbu  masaldagi  asosiy  xulosa  masal  oxirida  berilgan  qissadan  hissada,  ya’ni  ota-
bobolarimiz  yaratib,  bizga  nasihat  sifatida  qoldirgan  “Bo’linganni  bo’ri  yer” 
hikmatida  o’z  ifodasini  topgan.  Bu  hozirgi  kunda  maqol  tusini  olgan.  SHoir  esa 
bundan juda ustalik bilan foydalangan. 
“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli 
timsoli  orqali  bolalar  halollikka  o’rgatiladi,  har  bir  narsani,  u  katta  yoki  kichik 


 
62
bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat 
etiladi.  Masalni  o’qishda  bolalar  Tipratikan  timsoliga  tanqidiy  nazar  bilan 
yondashadilar,  agar  o’zining  hayotida  biron-bir  shunday  holat-voqea  yuz  bersa,  uni 
boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar. 
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi 
va  xalqchilligi  bola  hissiyotiga  qattiq  ta’sir  qiladi.  Bular  o’quvchilar  nutqini 
o’stirishda  ham  muhim  material  hisoblanadi.  Masal  qahramonlarining  xatti-
harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb 
qiladi. 
3-sinf “O’qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va 
Tipratikan”,  “O’jar  Toshbaqa”  (H.  Yoqubov),  “CHayondan  so’radilar”  kabi 
masallar  joy  olgan.  Bu  masallarning  qahramonlari  ham  hayvonlar:  buzoqcha, 
chumoli,  tipratikan,  toshbaqa,  chayon.  Majoziy  qahramonlarni  tanlashda  ham 
yozuvchi  har  bir  hayvonning  xususiyatidan  kelib  chiqadi.  Masalan,  buzoqchalar 
arqondan  bo’shatib  yuborilsa,  shataloq  otib,  uzoq-uzoqlarga  ketib  qoladi.  Qaysar 
buzoqcha  ham  to’dasidan  ajralib,  bo’riga  duch  keladi,  ya’ni  ko’ngilsiz  voqea  yuz 
beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli 
kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan. 
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil 
qilishga  kirishiladi.  1-sinfda  bolalar  masalni  hayvonlar  haqidagi  ertakka  o’xshash 
kulguli  asar  kabi  qabul  qilsalar,  2-sinfdan  boshlab  ular  masaldagi  hayvonlarning 
xatti-harakati,  o’zaro  munosabatlari  ba’zan  kishilar  hayotida  ham  uchrashini,  masal 
axloqiy  bilim  beradigan  hikoya  ekanini,  ko’proq  she’riy  tarzda  bo’lishini,  unda 
kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. 
Masallarda  yashiringan  o’tkir  kinoya,  voqealarning  tez-tez  o’rin  almashinib 
turishi  uni  bir  maromda  o’qishga  xalaqit  beradi.  SHuning  uchun  ifodali  o’qishga 
yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi 
lozim. 
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq 
idrok  etishda  o’quvchilarga  yordam  berish  zarur.  CHunonchi,  ularga  ayrim 


 
63
epizodlarni  so’z  bilan  tasvirlash,  ba’zilariga  o’qituvchi  yordamida  tavsif  berish, 
ishning  oxirgi  bosqichida  rollarga  bo’lib  o’qish  kabilarni  tavsiya  qilish  maqsadga 
muvofiq.  Qahramonlarga  tavsif  berishda  uning  xatti-harakati  bilan  birga,  tilning 
o’ziga  xos  xususiyatlaridan  ham  foydalaniladi.  Masalni  ifodali  o’qishga 
tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur. 
4-sinf  “O’qish  kitobi”da  berilgan  “Baqa  bilan  Taqa”  (Aziz  Abdurazzoq) 
masalida  baqa  timsoli  orqali  yozuvchi  o’ziga  mos  bo’lmagan,  o’ziga  to’g’ri 
kelmaydigan  narsalarni  orzu  qilish  va  bu  orzuni  amalga  oshirishda  boshqalarning 
maslahati,  nasihatiga  quloq  solmay,  o’z  aytganidan  qaytmaydigan,  o’jar  kishilarni 
tanqid  ostiga  oladi.  Baqa  otlar  kabi  taqa  bilan  tovush  chiqarib  yurishni,  yurganda 
yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. 
U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan 
mahrum  bo’lasan  ...  Sen  taqa  bilan  yo’rg’alay  olmaysan.  Yo’rg’alashni  ham  otga 
chiqargan”,  “Sen  borligingni  bildirib  yurmoqchi  bo’lsang,  sayrab  yuraver” 
deyishlariga  quloq  solmaydi.  Bu  o’jarlik  uning  boshiga  kulfat  keltiradi:  suv  tagiga 
cho’kib  ketadi.  Yonidagi  baqalar  bo’lmaganda  halok  bo’lishi  ham  tayin  edi.  Kech 
bo’lsa  ham  baqa  xatosini  anglab  yetadi,  taqachi  oldida  xijolat  chekadi.  Bu  holatlar 
o’quvchini  o’z  hayotiga,  xatti-harakatiga  bir  nazar  tashlashga  undaydi.  Ular  o’z 
tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.  

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish