Microsoft Word k qosimova darslik



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/228
Sana10.08.2021
Hajmi1,23 Mb.
#144059
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik

Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi 
DARSNING BORISHI: 
1. Uy vazifasi tekshiriladi. 
2. “Gap” mavzusi esga tushiriladi. 
O’quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi: 
1. O’qituvchi bolalarni o’qitadi.  
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.  
3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.  
 
4. O’quvchilar kitoblarni sevib o’qiydilar. 
– Gap nimalardan tashkil topadi? 
– Og’zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz? 
– Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi? 
O’qituvchi 
yuqoridagi 
savol-javobdan 
so’ng, 
o’quvchilar 
javobini 
umumlashtiradi: 
–  Demak,  gap  tugallangan  mazmun  bildiradi.  Gap  oxiriga  uning  mazmuniga 
qarab nuqta, so’roq va undov belgisi qo’yiladi. Gap so’zlardan tuzilib, uning birinchi 
so’zi bosh harf bilan yoziladi. 
3.  O’qituvchi  o’quvchilar diqqatini  jadvalga  qaratadi.  Har  bir  gap  quyidagicha 
tahlil qilinadi: 
 
– Birinchi gapda kim haqida aytilgan? 
– “O’qituvchi” so’ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz 
(O’qituvchi jadvalga chizadi). 
– O’qituvchi haqida nima deyilgan? 
–  “O’qitadi”  so’ziga  savol  bering  (Nima  qiladi?).  Uning  tagiga  ikki  chiziq 
chizamiz (O’qituvchi jadvalga chizadi). 
– Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so’z bildiryapti? (Mevalar) Bu 
so’zga savol bering (Nimalar?). Tagiga chizamiz. 
– Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi. 
SHu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. SHundan so’ng o’qituvchi tagiga 
chizilgan  so’zlar  gapning  asosiy  mazmunini  bildirishini,  yana  shunday  so’zlar 


 
151
ishtirokisiz gap hosil bo’lmasligini, agar gapning asosini bildiruvchi so’zlardan loaqal 
bittasi  ham  gapda  ishtirok  etmasa,  gap  mazmun  jihatdan  yakunlanmay  qolishi  yoki 
noaniq bo’lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar  misollar bilan ko’rsatiladi. Masalan, 
“O’quvchilar  maktabga  boradilar”  gapida  gapning  asoslaridan  biri  –  “o’quvchilar” 
so’zi  tushib  qolsa,  gapimiz  noaniq  bo’lib  qoladi,  o’quvchilar  haqida  nima  deyilgan 
so’z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun ifodalamaydi. 
Darslikdagi qoida o’qitiladi. 
4.  Darslik  bilan  ishlash.  261-mashq  yozma  bajariladi.  O’quvchilar  matnda 
nechta  gap  mavjudligini,  gapning  grammatik  asoslarini  o’qituvchi  yordamida 
topadilar  va  ularning  tagiga  chizadilar.  262-mashq  yuqoridagi  mashq  asosida 
o’quvchilar  tomonidan  mustaqil  bajariladi  (Bunda  o’quvchilar  ushbu  mashqni 
maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o’qituvchiga topshiradilar). 
5. Jadval asosida og’zaki mashq. 
Kim?                bemorlarni davolaydi.                                                                                                                      
Nima?             sichqonlarni tutadi. 
Nima?             yuk tashiydi. 
O’qituvchi gapdagi so’roqlar o’rniga qo’yish uchun kerakli bo’lgan so’zlarning 
rasmlarini  ko’rsatadi  (shifokor,  mushuk,  tuya).  O’quvchilar  tayanch  so’zlar 
yordamida gaplarni o’qiydilar va gaplar og’zaki tahlil qilinadi. 
6. Taxminiy tayyorgarlik ko’rib, bog’lanishli gap tuzish va uni yozish. 
Texnik  vosita  orqali  “Bog’bonlarga  yordam”  lavhalari  ko’rsatiladi  va    hikoya 
yozish  topshiriladi.  Gap  tuzishda  har  bir  so’zni  takroriy  ishlatishning  oldini  olish 
uchun ma’nosi yaqin so’zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, 
o’quvchilar, o’rtoqlar). Bu so’zlar xattaxtaga yozib qo’yiladi. 
7.  Uyga  vazifa  qilib  263-mashq  beriladi.  O’qituvchi  uyga  vazifani  qanday 
bajarishni tushuntiradi.  
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish