Microsoft Word k qosimova darslik



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/228
Sana10.08.2021
Hajmi1,23 Mb.
#144059
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   228
Bog'liq
K Qosimova darslik

kitobim juda qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham    
qiziqarli edi. 
Kitobim,  kitobing,  kitobi  so’zlari  so’z  tarkibiga  ko’ra  tahlil  qilinadi  va 
o’quvchilar kitob – o’zak, -im, -ing, -i  qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi 
kitob va kitobim so’zlarini taqqoslashni –im qo’shimchasining  ma’nosi haqida o’ylab 
ko’rishni  topshiradi,  muammoli  vaziyat  yaratadi;  o’quvchilar  qo’shimchaning 


 
135
ma’nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so’zining ma’nosiga (mening kitobim 
–  kitob  meniki)  tushunsalar  ham,  fikrlarini  shakllantirib  aytib  berolmaydilar. 
O’qituvchi qisqa tushuntiradi:  
– Tilda uchta shaxs mavjud:  
I  shaxs – so’zlovchi 
II shaxs – tinglovchi  
III shaxs – o’zga 
Hozir  men  sizga  so’zlayapman,  tushuntiryapman,  demak,  men  –  so’zlovchi, 
hozir  siz  meni  tinglayapsiz,  demak,  siz  (sen)  tinglovchi,  hozir  tinglashga 
qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va ko’plik 
sonda  qo’llanishini  bilasiz.  Ma’lumki,  biror  narsa  bir  shaxsga  yoki  ikki  va  undan 
ortiq  shaxsga  tegishli  bo’lishi  mumkin.  Mana  shu  ma’nolarni,  ya’ni  biror  shaxs  va 
narsaning  birlik  yoki  ko’plikdagi  uch  shaxsdan  biriga  qarashli  ekanini  otga 
qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so’ziga qo’shilgan -im 
qo’shimchasi  kitobning  I  shaxsga  taalluqli  ekanini,  ya’ni  kitobniig  egasi  I  shaxs 
ekanini  bildiradi  (-ing,  -i  qo’shimchalari  ham  shunday  tushuntiriladi).  Kitobimiz 
so’zidagi -imiz qo’shimchasi kitob so’zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko’p shaxsga 
(ko’p so’zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qo’shimchalari  ham shunday 
tushuntiriladi).  Qisqa  xulosa  chiqariladi:  otlarga  qo’shilgan  mana  shunday 
qo’shimchalar  egalik  qo’shimchalari  deyiladi.  Egalik  qo’shimchalari  tegishlilik, 
egalik ma’nosini bildiradi. 
Egalik qo’shimchalari otlarga ikki variantda qo’shiladi. Akam va kitobim, akang 
va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar 
so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi, qo’shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa 
chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik 
qo’shimchalari,  oxiri  undosh  tovushlar  bilan  tugagan  otlarga  -im,  -ing,  -i,  -imiz,  -
ingiz,  -i  egalik  qo’shimchalari  qo’shiladi.  SHundan  so’ng  o’quvchilar  “Ona  tili”
 
darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar. 
O’quvchilarga  egalik  qo’shimchalari  haqidagi  ko’nikmani  shakllantirish  uchun 
matndan egalik qo’shimchasi  bilan  qo’llangan otni  topish,  uni  tarkibiga ko’ra  tahlil 


 
136
qilib,  egalik  qo’shimchasining  shaxs-sonini  aniqlash,  matnda  berilgan  otga  tushirib 
qoldirilgan  egalik  qo’shimchasini  qo’shish,  narsa  qaysi  shaxs  yoki  shaxslarga 
qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi. 
Egalik  qo’shimchasi  ustida  ishlash  bu  bilan  tugamaydi.  Otlarning  kelishiklar 
bilan  turlanishini  o’rganish  jarayonida  egalik  qo’shimchasi  bilan  qo’llangan  ot 
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), 
kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida esa egalik 
qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog’lanib, 
so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.              

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish