Bog'liq transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
4-rasm. Ustma-ust elimlangan namunalar. 5-rasm. Namunalarni o’lchash sxemasi. Ishni bajarish tartibi. Sinash uchun tayyorlangan namunalar uzish
mashinasining tutqichlari orasiga shunday o’rnatiladiki unda namunaning bo’ylama
o’qi va tutqichlari o’qi bilan mos tushsin. So’ngra namuna uzilib ketguncha asta sekin
kuch miqdori oshirilib boriladi.
Sinov vaqtida mashina tutqichining harakat tezligi 10 mm/min. Davlat
standarti bo’yicha sinashni tutqichlarning harakat tezligi 20 mm / min gacha olib
borishga ruxsat etiladi.
Sinash vaqtida namunani uzatishga olib keluvchi eng katta yuklanish miqdori
belgilab olinadi. Sinash tugagach namunaning har ikki uzilgan qismi diqqat bilan
kuzatilib ularning xarakteri aniqlanadi. Bunda yelimli tekislik bo’yicha ketishi yoki
uzilishi yelimning o’zidan ketishi mumkin.