2.3. Shahar tashqarisi va ko‘kalamzor qismini rejalashtirish hamda
tasniflashning asosiy qonun-qoidalari
Yerdagi hayotni o‘simliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Insonni
o‘rab turgan muhitning shakllanishida ularning ahamiyati juda
yuqori va xilma-xildir, chunki o‘simliklar sanitariya-gigiyenik
vaziyatni yaxshilash xossalariga ega. O‘tqazilgan daraxtlar
shamol kuchini, shovqinni pasaytiradi, issiqlik rejimini tartibga
soladi, havoni changdan va zararli sanoat chiqindilaridan, patogen
mikroorganizmlardan tozalaydi va uni namlantiradi, bu esa
muhitni sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatga ega. Daraxtlar shahar-
qishloqlar aholisining dam olishi, ommaviy madaniy-oqartuv
tadbirlarini, jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish ishlarini
tashkil etishda yaxshi muhit yaratadi. Daraxtlar – bu faqat ayrim
aholi turarjoylarida yashashning sanitariya-gigiyenik sharoitlarini
tubdan o‘zgartirishning asosiy usullaridan biridir.
O‘simliklar aholi turarjoylari muhandislik obodonlashtirish
ishlarida muhim o‘rin egallaydi. Ular yordamida avtomagistrallarda
transport harakati tartibga solinadi, jarliklarga qarshi kurash olib
boriladi, o‘simliklar shahar me’morchiligida muhim ahamiyatga
ega. Ular shahar landshaftini boyitish, ko‘pincha, shakllantirishning
ajoyib vositasi bo‘lib xizmat qiladi va parklar bog‘lar me’morchiligi
masofalarini hal etishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Katta me’moriy-
27
rejalashtirish va sanitarya-gigiyenik ahamiyati tufayli daraxtlar shahar
yoki qishloq majmuyini tashkil etuvchi asosiy elementlardir.
Shahar landshafti juda keng tushuncha bo‘lib, bu butun shahar muhiti
yoki uning xohlagan bir qismi. Biroq, odatda, shahar landshafti, deb
butun shaharni emas, balki faqat ochiq, qurilishlardan xoli hudud –
bog‘ va parklar, xiyobonlar va bulvarlar, ko‘cha va yo‘llar, daryo va
ko‘llar, turarjoy qurilmalari, hovlilar va jamoat binolari uchastkalari,
sanoat muassasalarining ko‘kalamzorlashtirilgan hududlari va boshqa
hududlar aytiladi. Bundan tashqari, shahar hayotining ajralmas qismi
sifatida shahar atrofidagi hududlarni – qishloqxo‘jaligi yerlari, o‘rmon
parklar, dam olish hududlari, oromgohlar va pansionatlar, shahar
tashqarisidagi park va qo‘riqxonlarni keltirish mumkin.
Yashil o‘simliklar shaharning eng muhim va effektiv
obodonlashtirish turi hisoblanadi. Shaharsozlikda yashil o‘simliklarning
ahamiyati katta. Ular shahar harorat rejimining quvvatli regulyatori
bo‘lib, havo tarkibi va tozaligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shahar
shovqiniga qarshi kurashishda foydalaniladi, shaharning landshaft
jozibaliligini yaratadi. Inson ruhiyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Issiq iqlimli hududlar shaharsozligida yashil o‘simlikiarga muhim
e’tibor qaratiladi. O‘simliklar havoni filtrlaydi, yorug‘likni
nivelirlaydi, ovozni tekis tarqatadi, quyosh radiatsiyasini yutadi va
namlik chiqargan holda havoni sovitadi. Yashil o‘simliklar havoni
tozalaydi, chunki ular yirik va tez cho‘kuvchi chang zarralarini o‘zida
ushlab qoladi. Ko‘kalamzorlar havoning qizib ketishini kamaytiradi va
bu bilan shahar ustidagi chang va tutundan iborat gumbazni hosil qiluvchi
yuqoriga ko‘tarilayotgan havo oqimi harakatini qaytaradi.
Shahar markazida qizigan havoning konsentratsiyasini kamaytiruvchi
parklar qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki shahar markazi
deyarli shamoldan izolyatsiyalangan.
Issiq hududlarda, ayniqsa, nam hududlarda issiqlik bosimini
yumshatish va biror hudud yoki binoni to‘siqsiz ventilyatsiyasini
ta’minlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlash lozim. Hududni to‘g‘ri
28
ko‘kalamzorlashtirish usullari yordamida shaharning harorat-radiatsiya
va shamol rejimini boshqarish mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish
lozimki, havo tezligi daraxt shoxlaridagi barglar orasidan o‘tayotganda
kamayadi, tanasi hududida esa oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |