Beshyog'och so'zi masofani o'lchash uchun ishlatilgan tosh, farsang
ma'nosini bildiradi. Bu o'lchov (bir yog'och 7 — 8 kilometrga teng bo'lgan)
yog'och o'lchov so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin.
Bo'rjar. Ilgarilari bu erda bo'ri yoki chiyabo'ri ko'p bo'lganligi uchun shu
nom berilgan deyiladi. Ayrimlar esa bu er jarliklardan iborat bo'lib, unda faqat
bo'rilar yashagan desalar, ba'zi birovlar bu nom «bo'z — oqish va jar» so'zlarining
o'zgarishidan kelib chiqqan, deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |