2.1. Irsiy kasalliklarning klassifikatsiyasi.
Odamda uchraydigan irsiy kasalliklar xilma-xil bo’lib, ularning asosida irsiyatni
belgilovchi moddalarning o’zgaruvchanligi - mutatsiyalar yotadi. Shuning uchun ham
irsiy kasalliklarni tasniflashda mutatsiyalar tasnifidan foydalaniladi [4].
Hozirgi davrda irsiy kasalliklarning quyidagi tasnifi keng qo’llaniladi:
genom kasalliklari
gen kasalliklari
xromasoma kasalliklari
Ko’pincha genom va xromosoma kasalliklari umumiy nom bilan xromosoma
kasalliklari deb yuritiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiyaning asosida esa mutatsiyalar klassifikatsiyasi yotadi,
bunda ularning nomiga qarab mexanizimlarni darhol tasavvur qilish mumkin.
Irsiy kasalliklarni 5 ta guruhga ajartish mumkin:
1. Gen kasalliklari;
2. Xromosoma kasalliklari;
3. Irsiy moyilli yoki multifaktorial (ko‘p omilli) kasalliklar;
4. Somatik hujayralar kasalliklari;
5. Ona va pusht antigenlari nomosligi kasalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |