Mantiqiy Iqtisodiyot


Boshqaruvning prezidentlik va parlament



Download 8,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/192
Sana09.08.2021
Hajmi8,62 Mb.
#142914
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192
Bog'liq
Common Sense Economics [uz]

Boshqaruvning prezidentlik va parlament

tizimlarini taqqoslash

Dunyodagi barcha demokratik jamiyatlar prezidentlik yoki parlament tizimiga

asoslangan. Albatta, mukammal demokratik tizimning o'zi yo'q. Har bir demokratik

tizimning o'z afzallik va kamchiliklari bor. Keyingi ikki qismda biz prezidentlik va

parlament tizimlarini taqqoslaymiz hamda ularning parlamentni saylash qoidalariga

bog'liqligini qarab chiqamiz. (Ushbu muhokamaning xulosasi maqola oxiridagi jadvalda

keltirilgan).

Prezidentlik demokratiya tizimida ijroiya hokimiyatining rahbari (prezident)

qonun chiqaruvchi hokimiyatdan (parlament) alohida saylanadi. Shu sababli parlament

prezidentni vakolatidan mahrum qilish huquqiga emas. Faqvqulodda holatlarda

impichment chorasi bundan mustasno.

Parlament tizimida ijroiya hokimiyat rahbari (bosh vazir) parlament tomonidan

tayinlanadi va, shu bilan birga, parlament ishonchsizlik ovozi bilan ijroiya hokimiyatini

tarqatib yuborish huquqiga ega. Demak, parlament tizimida ijroiya va qonun

chiqaruvchi hokimiyat konstitutsiyada alohida bo'linmagan.

Agar parlament tizimida hokimiyatni ko'pchilik koalitsiyasi nazorat qilsa, u

qarorlarni tez va samarali qabul qila oladi. Agar bosh vazir qonun chiqaruvchi

ko'pchilikka tayansa, u hokimiyatni uni qo'llab-quvvatlovchi qonun chiqaruvchilar

o'rtasida adolatli taqsimlash yo'lidagi obro'sini saqlab turishiga harakat qiladi.

Hukmron parlament koalitsiyasi a'zolarini hukumatning davomiyligiga bog'liq bo'lgan

qonun loyihasini ishonch ovozi bilan qo'llab-quvvatlashga undash mumkin. Natijada,

prezidentlik tizimidagi partiyalarga nisbatan parlament tizimidagilar intizomliroq va

jipslashganroq bo'ladi.



418

Prezidentlik tizimida prezident uni qayta saylanishini qo'llab-quvvatlaydigan

homiylarga imtiyozlar berishga moyil. Natijada, parlament tizimidagiga nisbatan

sustroq nazoratni his qilgan qonun chiqaruvchilarning ko'magiga erishish uchun

qonun loyihalariga alohida imtiyozlar («bochkadagi yog'» siyosati) kiritishga to'g'ri

keladi.


Parlament tizimida agar hech qaysi partiya ko'pchilikni tashkil etmasa, unda

birgalikda ko'pchilikni tashkil etadigan partiyalar hukumatni tuzish bo'yicha biror

kelishuvga kelmaguncha hukumatda falaj vaziyat davom etishi mumkin. Bu ko'pincha

saylovlardan keyingi birinchi ha alarda sodir bo'ladi, ammo yangi hukmron koalitsiya

odatda tez tuziladi. Ammo prezidentlik tizimida esa, agar parlament prezident partiyasi

nazorati ostida bo'lmasa, qaror qabul qilishdagi shunday falajlik butun prezidentlik

muddatida davom etishi mumkin. Bunday holar AQSHda yaqin o'n yilliklarda sodir

bo'lib kelyapti.

Agar parlament koalitsiyasidagi partiyalarga koalitsiyaga qo'shilish yetarlicha

manfaat keltirmasa, ular hukumatni iste'foga chiqarish bilan tahdid qilishi mumkin.

Parlament tizimidagi bunday tahdidlar muntazam hukumat inqirozlari va davlat

faoliyatida uzoq muddatli uzilishlar xafvini oshirishi mumkin. Biroq, «konstruktiv

ishonchsizlik ovozi» deb ataluvchi konstitutsiya qoidasi bilan yuqoridagi riskning

keyingisini pasaytirish mumkin. Bunda parlament hukumati uning o'rnini bosuvchi

muqobil ko'pchilik mavjud bo'lgan taqdirdagina tarqalib yuborilishi mumkin. Bu qoida

birinchi marta Germaniyada joriy etilgan bo'lib, u hozirgi kunda ko'p mamlakatlarda

amal qiladi.

Yaxshi amal qiluvchi prezidentlik tizimlari ham mavjud bo'lib, ularda ijroiya

hokimiyatning vakolatlari cheklangan, chunki parlament prezidentlarning o'z

vakolatlarini kengaytirishga bo'lgan moyilliklarini samarali nazorat qiladi. Misol

sifatida xayolga avvalo AQSH va Chili keladi. Ammo dunyodagi prezidentlik

tizimlarining ko'pchiligida yakka hokimiyatchilikka moyillik kuzatiladi, chunki

prezidentlar hokimiyatning barcha tarmoqlari ustidan nazoratni o'rnatmaguncha, ular

vakolatlarini kengaytirishga harakat qilaveradi. Bu vakolati cheksiz deb his qilgan

amaldagi prezidentning o'z vakolatini suiiste'mol qilinishiga olib kelishi mumkin.



419

Rossiya va Turkiya bunga joriy misoldir. Moldovadan tashqari sobiq Sovet Ittifoqidagi

barcha respublikalar prezidentlik tizimiga o'tgan bo'lib, Markaziy va G'arbiy

Yevropadagi parlament tizimiga asoslangan mamlakatlarga solishtirganda, ularning

yutuqlari ko'pincha uncha katta emas. Ukrainaning oxirgi 25 yildagi tarixi bunga

misoldir.

Ba'zi mamlakatlar, shu jumladan Ukraina, aralash yarim-prezidentlik tizimiga

amal qilib, unda vakolatlar saylangan prezident va parlamentga hisobot beruvchi bosh

vazir o'rtasida taqsimlangan. Yarim-prezidentlik tizimi tarafdorlari prezidentlik va

parlament tizimlarining eng yaxshi tomonlarini jamlashga umid qiladilar, lekin

tanqidchilar ular bu ikki tizimning eng salbiy tomonlarini jamlashidan

xavotirlanadilar. Albatta, har qanday yarim-prezidentlik tizimi ijroiya hokimiyat

doirasida prezident va bosh vazir o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yarim-prezidentlik tizimlaridan birinchisi Germaniya Veymar Respublikasida

amal qilgan bo'lib, u Ikkinchi jahon urushidan oldin natsistlar hokimiyatga kelganda

qulagan. Hozirgi Frantsiyani ko'pincha yarim prezidentlik tizimiga asoslangan deb

hisoblashadi, lekin Frantsiyani parlament tizimiga asoslangan deyish to'g'riroq bo'ladi,

chunki parlament prezidentning partiyasidan boshqa partiya nazorati ostida bo'lganda,

hukumatni amalda bosh vazir nazorat qiladi.


Download 8,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish