Ishlar va davlat xavfsizlik tizimini isloh etish


  Qurolli  kuchlarni,  davlat  xavfsizligi  xizmatini  modernizatsiya  qilish



Download 232,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.08.2021
Hajmi232,96 Kb.
#142733
1   2   3   4   5
Bog'liq
2H6XqrYzxXh02JLYkx7LfiPLmQDlgZo7

2.  Qurolli  kuchlarni,  davlat  xavfsizligi  xizmatini  modernizatsiya  qilish 

va qayta jihozlash. 

O'zbekiston  Qurolli  Kuchlarining  eng  muhim  vazifalari  milliy  harbiy 

mutaxassislarni  tayyorlash  va  armiyani  texnik  jihatdan  jihozlashdan  iborat.  Ana 

shulardan  kelib  chiqib,  so'nggi  paytlar-da  O'zbekistonda  Qurolli  Kuchlar  uchun 

yuksak malakali ofitser-lar tayyorlaydigan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil 

etildi.Armiyani  texnik  jihatdan  jihozlashni  mustahkamlash  chora-tadbirlari 

ko'rilmoqda.Zotan,  hukumat  «Iqtisodiy  qiyinchiliklarga  qaramay,  bundan  keyin 

ham  harbiy  salohiyatni  ta'minlash  uchun  -  zarur  mablag'  ajratishni  davom 

ettiraveradi». 

O'zbekiston  Qurolli  Kuchlari  qat'iy,  bosqichma-bosqich  reja  asosida, 

tasdiqlangan  dasturga  muvofiq  shakllana  bordi.  U  mamlaka-timiz  davlat 

suverenitetini va hududiy yaxlitligini mustahkam himoya qilinishini ta'minlaydigan 

darajada kuch-qudratga ega. 

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o'z faoliyatini: 

- qonun ustunligi; 

- markazlashgan boshqaruv va yakkaboshchilik; 

- doimiy jangovar va safarbar holatdagi tayyorgarlik; 

- fuqarolarning umumiy harbiy majburiyati; 

- kollektiv xavfsizlik tizimini barpo qilish; 

- harbiy intizomga rioya qilish

- partiyasizlik; 

- harbiyxizmatchilarvaularningoilaa'zolariniijtimoiyvahuquqiyhimoyaqilishnit

a'minlashasosidatashkilqiladivaamalgaoshiradi. 

UmumanO'zbekistonRespublikasiningQurolliKuchlari  -  buharbiytuzilmalar, 

harbiyo'quvyurtlarivaboshqaharbiyqismlardaniborat, 

davlattomonidantashkilqilinganvata'minlanganbo'lib, 

ularurushvaharbiymojarolaraingoldiniolish, 

O'zbekistonRespubli-

kasiningdavlatmustaqilligini, 

hududiyyaxlitligini, 

aholiningtinchhayotkechirishinivaxavfsizliginita'minlashgaqaratilgandir. 

O'zbekistonRespublikasiQurolliKuchlaridavlatnihimoyaqi-

lishdabutunmudofaatiziminingasosinitashkiletuvchiyadrohisob-lanib, 

o'ztarkibigaquyidagilarnioladi: 

- Quruqlikdagi qo'shinlar; 

- harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo'shinlari; -Maxsus qo'shinlar; 

- Milliy gvardiya brigadasi

- chegara va ichki qo'shinlar; 

- Milliy xavfsizlik xizmati; 

-  Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa vazirliklarga, idora-larga qarashli 

harbiy qismlar. 



Quruqlikdagi  qo'shinlar  Qurolli  Kuchlarining  eng  ko'p  sonli  turi  bo'lib, 

boshqa  qo'shin  turlarining  birgalikdagi  harakati  bilan  tajovuzni  qaytarish,  zarur 

bo'lganda esa dushmanni tor-mor qilishga mo'ljallangan. 

Harbiy  havo  va  havo  hujumidan  mudofaa  qo'shinlari  -  Qurolli  Kuchlarining 

manyovrli  turlaridan  biri.  Ular  quruqlikdagi  jang  may-donida  bo'layotgan  yirik 

operatsiyalarning  borishi  va  yakuniga  ta'sir  qilish,  mamlakat  havo  chegaralarini 

qo'riqlash,  quruqlikdagi  va  ha-vodagi  dushmanga  zarba  berish  imkoniyatiga  ega. 

Undan tashqari  O'zbekiston  Respublikasi hududini, uning havo  chegaralarini, eng 

muhim  davlat  va  sanoat  obyektlarini  hamda  qo'shin  guruhlarini  havo  hujumidan 

ishonchli mudofaa qilish vazifasi yuklatilgan. 

Milliy  gvardiya  O'zbekiston  Respublikasi  Qurolli  Kuchlarining  tarkibiy 

qismidir.Bu  gvardiya  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1992-yil 

23-yanvardagi  qaroriga  binoan,  respubli-ka  Qurolli  Kuchlari  qismlari  negizida 

tuzildi.  Milliy  gvardiyaning  asosiy  vazifasi  O'zbekiston  Respublikasining  davlat 

suvereniteti  va hududiy  yaxlitligi  hamda  fuqarolarning  Konstitutsiyaviy  huquq va 

erkinliklarini  muhofaza  etishdir.  Gvardiya  tarkibi  fuqarolarni  majbu-riy  harbiy 

xizmatga  chaqirish  va  armiya  xizmatiga  o'z  ixtiyori  bilan  borishni  birgalikda 

muvofiqlashtirish  asosida  to'planadi.  Gvardiya  zimmasiga  bir  qancha  o'ziga  xos 

vazifalar,  jumladan,  davlat  tanta-na  marosimlarida  ishtirok  etish  yuklatilgan.Shu 

maqsadda  gvardiya  tarkibida  faxriy  qorovul  rotasi  tuzilgan.Shuningdek,  gvardiya 

zimmasiga  alohida  muhim  davlat  obyektlarini  qo'riqlash  vazifalari  ham 

yuklatilgan. 

Maxsus  qo'shinlar  esa  jangovar  harakatlarni  operativ  ta'minlash  masalalarini 

hal etish uchun mo'ljallangan. 

1999-yilgacha  chegara  qo'shinlari  Milliy  xavfsizlik  xizmati  tarkibida 

bo'lishgan.1999-yil 13-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga 

binoan  O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  chegaralarini  himoya  qiluvchi  qo'mita 

tashkil etildi. 

Ushbu Farmon asosida O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya 

qiluvchi  Qo'mita  davlat  boshqaruvining  markaziy  organi  hisoblanib,  chegaraga 

doir siyosatni amalga oshirishni Davlat chegaralarini himoya qilish va qo'riqlashni 

tashkil etishni ta'minlashbelgilab berildi. 

Vazirlar  Mahkamasi  vakolatlariga  mudofaani  ta'minlash  bo'yicha  o'ziga 

bo'ysunadigan  barcha  tuzilmalar  faoliyatiga  rahbar-lik  qilish,  Qurolli  Kuchlarni 

qurollar, harbiy texnika va boshqa mod-diy vositalar bilan ta'minlash, mudofaa va 

Qurolli  Kuchlar  ehtiyoji  uchun  moddiy  texnika  resurslari,  oziq-ovqat,  kiyim-

kechak va boshqa buyumlarning hajmini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirilishi 

lozim  bo'lgan  respublika  fuqarolarining  soni  hamda  ularning  harbiy  va  muqobil 

xizmatni o'tash tartibini belgilash, harbiy majburiyatli va harbiy xizmatga chaqirish 

hamda  haqiqiy  muddatli  xizmatdagi  harbiy  xizmatchilami  zaxiraga  chiqarish, 

harbiy  majburiyatlilar-ni  yig'ilishga  chaqirish,  safarbarlik  va  harbiy  xizmatdan 

bo'shatish to'g'risida qarorlar qabul qilish kabilar kiradi. 

Mudofaa  vazirligi  Qurolli  Kuchlar  davlat  boshqaruvining  markaziy  organi 

hisoblanadi.  Vazirlik  Qurolli  Kuchlarining  ahvo-li  va  kelgusidagi  taraqqiyotiga, 

jangovar  tayyorgarlik  va  intizom-ga  to'liq  javobgar.  U  mudofaa  sohasi  va  harbiy 



qurilishda  ishlab  chiqilgan  davlat  siyosatining  Qurolli  Kuchlarda  amalga 

oshirilishini  ta'minlaydi.  Mudofaa  rejalari  va  konsepsiyasi  loyihasi,  Qurolli 

Kuchlarning  qurilishi  va  taraqqiyoti,  qurollar  va  harbiy  texnika  taraqqiyotining 

davlat  dasturlari,  mudofaa  ehtiyojlari  uchun  ajratiladigan  mablag'lar  bo'yicha 

takliflarni  ishlab  chiqadi  va  Vazirlar  Mahkamasi  muhokamasiga  taqdim  etadi. 

Mudofaa va harbiy qurilish sohalarida ilmiy tadqiqotlar tashkil qiladi va o'tkazadi, 

harbiy  texnika  va  boshqa  ashyolar  yaratish,  ishlab  chiqarish  va  ta'mirlash  uchun 

davlat buyurtmalarining bajarilishini nazorat qiladi. 

Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz  Qurolli  Kuchlari  harbiy  islohot-ning  ikkinchi 

bosqichini  amalga  oshirish  ishlarini  olib  bormoqda.  Harbiy  islohotning  birinchi 

bosqichida  (1992-1996-yillarda)  qism  va  bo'linmalar,  harbiy  o'quv  yurtlari  va 

muassasalarini isloh qilishning tartibi aniqlangan. Tegishli safarbar etuvchi rejalar, 

kerakli  qonunlar  ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan.  Shuningdek,  kadrlarni  o'qitish 

va tarbiyalashning tugal tizimi yaratilgan. 

Yosh  suveren  davlat  bo'lmish  O'zbekiston  o'zining  Mustaqillik  yillari 

mobaynida  tashqi  siyosat,  davlatlararo  munosabatlar,  urush  va  tinchlik 

muammolarining  prinsipial  yangi  nuqtayi  nazari  va  masala-lariga  tayanadigan, 

milliy xavfsizlikning umumdavlat konsepsiyasi-ning tarkibiy qismi bo'lgan hamda 

mamlakatning  mudofaa  siyosatini  asosini  tashkil  etgan  harbiy  Doktrinani  ishlab 

chiqdi va  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  sessiyasida 1995-yil 30-avgustda 

qabul qilindi. 

Harbiy  Doktrina  harbiy  qurilishning  asosi,  harbiy  sohani  isloh  qilish  va 

harbiy-texnik siyosat istiqbollarini ishlab chiqish hamda harbiy bilim, harbiy san'at 

va  ofitser  kadrlarni  tayyorlashni  yanada  rivojlantirishning  asosiy  yo'nalishlarini 

belgilab berdi. 

Oldiga qo'yilgan vazifalarga ko'ra mamlakat harbiy Doktrinasi-ning mazmuni 

va strukturasi aniqlandi. U o'z ichiga umumiy qoidalar, siyosiy va harbiy-tasbkiliy 

aspektlar  hamda  harbiy  doktrinaning  huquqiy  asoslarini  oladi.  Harbiy  doktrinada 

davlatning  o'z  fuqarolari  hayoti  va  qadr-qimmatini  himoya  qilish,  mudofaa  qilish 

huquqini  amalga  oshirish  bo'yicha  asosiy  maqsad  va  vazifalari  aniq  tavsiflab 

berilgan. 

Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  22-mayda  qabul  qilingan  qaroriga  ko'ra, 

harbiy  xizmatchilarning  oylik  maoshlari  ikki  barobar-ga,  xizmatdan  zaxiraga 

bo'shatilganda  beriladigan  nafaqa  miqdori  esa  eng  kam  ish  haqining  sakkiz 

baravariga oshirilgan. 

Shu o'rinda davlatimiz rahbarining 2005-yil 31-oktabrdagi qaro-ri ahamiyatini 

alohida  ta'kidlamoq  joiz.Unga  ko'ra  harbiy  qism  tav-siyanomasiga  ega  bo'lgan 

yigitlarimizga mamlakatimiz oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirmoqchi bo'lsalar, test 

sinovlarida to'plagan ballarining 25 foizi miqdorida ball qo'shib beriladi. 

Harbiy  xizmatdan  so'ng  kontrakt  asosida  o'qishga  qabul  qilingan  talabalar 

agar  o'qish  davrida  «Kamolot»  yoshlar  ijtimoiy  haraka-tining  boshlang'ich 

tashkilotlari  faol  a'zosi  sifatida  o'zlarini  namo-yon  etishsa,  ularga  kontrakt 

to'lovining 35 foizi miqdorida moddiy yordam ko'rsatiladi. 

O'zbekiston Qurolli Kuchlari ayni paytda zamonaviy harbiy tajribalar asosida 

shakllanib bormoqda. Milliy xavfsizlik konsepsi-yasiga asoslanib, Markaziy Osiyo 



mintaqasida  tez  sur'atlar  bilan  o'zgarib  borayotgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni 

hisobga  olgan  hol-da,  yuzaga  kelayotgan  tahdid  va  xatarlaraing  har  tomonlama 

chu-qur  tahlili  va  Qurolli  Kuchlarni  barpo  etishning  mutlaqo  yangi  prin-siplari 

negizida  armiyamizni  isloh  qilish  bo'yicha  uzoq  muddatga  mo'ljallangan  Dastur 

yaratildi. Bundan bosh maqsad - ixcham, tezkor va harakatchan, zamonaviy qurol-

yaroq va texnika bilan ta'minlangan, strategik va taktik vazifalarni samarali hal eta 

oladi-gan,  sarhadlarimiz  daxlsizligi,  yurtimizdagi  tinchlik  va  barqarorlikni 

buzishga qaratilgan har qanday yovuz harakat va xurujlarni bartaraf etish va ularga 

munosib zarba berishga qodir bo'lgan kuchli armiya-ni yaratishdan iborat edi. 

Qurolli  Kuchlarimiz  va  ularning  asosiy  jangovar  bo'linma-larining  prinsipial 

nuqtayi  nazardan  mutlaqo  yangicha  tashkiliy-tarkibiy  tuzilmasi  joriy  etildi. 

Bo'limlar,  rotalar,  polklar,  yordam-chi  boshqaruv  punktlari  va  shu  kabi  yetarli 

samara bermaydigan bo'linmalar tugatildi. Bu o'zgarishlar o'z navbatida armiyamiz 

va uning qismlarining yuqoridan quyigacha bo'lgan qurilishini tubdan qayta tashkil 

etish,  ularning  harakatchanligi  va  tezkorligini,  jangovar  imkoniyatlarini 

kuchaytirish,  eng  muhimi,  barcha  darajadagi  koman-dirlarning  mustaqilligini 

ta'minlash va mas'uliyatini oshirish imko-nini beradi. 

Qurolli  Kuchlarimizning  jangovar  salohiyatini  keskin  oshirish,  armiyada 

sog'lom  ma'naviy  muhitni  mustahkamlash,  professional  tayyorgarlik  darajasini 

yuksaltirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan serjantlar tayyorlash maktablari 

afoetildi  va  ular  zamonaviy  jangovar-o'quv  bazalari  bilan  ta'minlandi.  Bugun 

serjantlar  tarkibi  armiyamizning  torn  ma'nodagi  tayanch  ustuniga  askarlarning 

ustozi, ofitserlarning eng yaqin yordamchisiga aylanib bormoqda. 

Mustaqillik  yillarida  barcha  bo'g'indagi  komandirlarning  yuqori  professional 

qobiliyati va malakasini ta'minlash, ularning intellektu-al saviyasini har tomonlama 

rivojlantirishga qaratilgan ofitser kadrlar tayyorlash tizimi yaratildi. Bu esa Qurolli 

Kuchlar  tarkibini  sifat  ji-hatidan  butunlay  o'zgartirish  va  ularni  bugungi  kun 

talablariga javob beradigan, puxta tayyorgarlikka, zamonaviy fikrlash qobiliyatiga 

ega bo'lgan komandirlar bilan to'ldirish imkonini bermoqda. 

Hozirgi  kunda  Qurolli  Kuchlar  saflarida  xizmat  qilish  O'zbe-kistonning  har 

bir  fuqarosi  uchun  nafaqat  konstitutsiyaviy  burch,  balki  mamlakatimizda  orzu 

qilishga sazovor kasbga aylandi. 

Keyingi  vaqtda,  xususan  2005-2006-yillarda  xorijiy  mamlakat-lar,  birinchi 

galda  Rossiya  Federatsiyasi  bilan  harbiy-texnik  hamkor-lik  sohasida  salmoqli 

ishlar 

amalga 


oshirilmoqda. 

Qo'shinlarimizning 

moddiy-texnik 

bazasini 

mustahkamlash,  harbiy  xizmatchilar  va  ular  oila  a'zolarining  moddiy,  ijtimoiy-

maishiy sharoitlarini yaxshilash masalasi ham doimiy e'tiborimiz markazida bo'lib 

kelmoqda. 

Ana shu yuksak vazifadan kelib chiqib Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh 

Qo'mondoni I. Karimov bu sohada ishning zarur bo'lgan masalalari haqida batafsil 

gapirdi: 

- Biz bugun g'oyat murakkab va notinch zamonda yashamoq-damiz. Markaziy 

Osiyo  mintaqasida  hali-beri  saqlanib  qolayotgan  qaltis  vaziyat,  butun  dunyoda 

davom etayotgan nizo va qarama-qarshiliklar, tobora ko'lami kengayib borayotgan 



terrorizm,  ekstre-mizm  va  narkoagressiya  xavfi  jiddiy  tashvish  uyg'otmasdan 

qolmay-di, albatta. 

Bularning  barchasi  shu  muqaddas  zaminda  yashayotgan,  mamla-katimiz 

taqdiri  va  kelajagi  uchun  befarq  bo'lmagan  har  bir  insondan  doimo  hushyor  va 

ogoh 

bo'lishni, 



Qurolli 

Kuchlarimizning 

jangovar 

tayyorgarligini 

mustahkamlashni, 

davlatimiz 

sarhadlarini 

qo'riqlash 

va 

himoyalashni 



kuchaytirishni, buning  uchun  mavjud  bo'lgan  bar-cha kuch va  imkoniyatlarimizni 

safarbar qilishni taqozo etadi, dedi va quyidagi vazifalarni belgilab berdi; 

birinchidan,  xavfsizlikka  qarshi  qaratilgan  zamonaviy  tahdid  va  xatarlarni 

tahlil  qilish  bo'yicha  boshlangan  tizimli  ishlarimizni  da-vom  ettirish  va 

chuqurlashtirish,  mavjud  xatarlaraing  yaqin  va  uzoq  muddatlarda  yuzaga  kelishi 

mumkin  bo'lgan  oqibatlarini  aniqlash,  Qurolli  Kuchlarimizning  mamlakatimiz 

xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan bar qanday tahdidlarga munosib va samarali 

tarzda qarshi tura olish imkoniyatlarini baholashga tanqidiy nuqtayi nazardan yon-

dashish; 

ikkinchidan,  qo'shinlarning  zamonaviy  qurol-yarog'  va  texni-ka,  o'ta  aniq 

ishlaydigan qurollar, boshqaruv va aloqaning elektron, kompyuterli tizimlari bilan, 

shuningdek,  ishonchli  anjom-aslaha  va  shaxsiy  himoya  vositalari  bilan 

ta'minlanishini  yanada  yuksaltirish,  pirovard  natijada  birlashma  va  qismlar, 

birinchi  galda  terrorizmga  qarshi  bo'linmalarning  ta'minot  darajasini,  jangovar 

tayyorgarligi, harakatchanligi va tezkorligini oshirishga alohida e'tibor qaratish

uchinchidan,  shaxsiy  tarkibning  o'quv-jangovar  va  mashq  tayyorgarligi 

tizimining  samaradorligini  kuchaytirish,  harbiy  xizmat-chilarning  yuksak 

intizomini  ta'minlash,  ularga  ishonib  topshirilgan  zamonaviy  qurollar  va 

texnikadan mohirona foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni takomillashtirish. 

Harbiy  xizmatchilarning  shaxsiy  va  guruh  tarkibidagi  tayyorgarlik  darajasi, 

intellektual  sa-lohiyatini  oshirishni  ta'minlaydigan  modellashtirish,  simulatsiya  va 

harbiy ta'limning boshqa zamonaviy usullarini keng joriy etish lo-zim. 

Barcha  bo'g'indagi  komandirlarning  eng  muhim  vazifasi  -  ar-miyadagi 

tarbiyaviy  ishlarni  yanada  takomillashtirish,  har  qaysi  harbiy  xizmatchi  ongida 

mamlakatimiz  taqdiri  uchun  chuqur  mas'uliyat  tuyg'usini  mustahkamlash,  ularda 

yuksak  ma'naviy  va  axloqiy  fa-zilatlarni  tarbiyalash,  faol  hayotiy  pozitsiyani 

shakllantirish,  vatan-parvarlik  hissiyotini  kuchaytirishdan  iborat  ekanini  yaxshi 

anglab olishimiz zarur. 

Harbiy  tayyorgarlik  darajasi  va  harbiy  xizmatchilar  bilan  olib  boriladigan 

tarbiyaviy  ishlar  sifatini  oshirishda  har  yili  o'tkaziladigan  va  an'anaga  aylanib 

qolgan «Eng yaxshi serjant», «Eng yaxshi guruh komandiri», «Eng yaxshi vzvod 

komandiri», «Eng yaxshi batalyon komandiri» kabi yo'nalishlar bo'yicha tanlovlar, 

ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

 

 




Download 232,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish