Tez muzlatuvchi apparatlar
Tez muzlatuvchi apparatlarning tuzilishi va ishlash prinsipi juda xilma-xil.
Ulardan eng assosiylari va keng tarqalganlar quyidagilar:
a)
Havo bilan muzlatuvchi apparatlar. Bunda mahsulotlar tezlashtirilgan
sovuq havo oqimida muzlatiladi;
b)
Ko‘p plitali apparatlar. Bu usulda ichi bo‘sh metall plitalarining ichida
qaynayotgan sovitgich agenti yoki aylanuvchan harakatdagi sovuq tuzli eritmasi
bo‘lib, mahsulot shu plitalar o‘rtasiga joylashtiriladi va muzlatiladi;
c)
Immersion muzlatish apparatlari. Polimer plyonkalarga o‘ralgan
mahsulotlar sovituvchi suyuqlikka solib muzlatiladi;
d)
Mahsulotlarni suyuq azot yoki freonda muzlatuvchi apparatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |