mahsulotlari yig‘ib-terib olindi.
Bularning barchasi, avvalambor, dehqonlarimiz, fermer va
mexanizatorlarimiz, qishloq xo‘jaligi mutaxassislarining o‘zini ayamasdan
qilgan fidokorona mehnati, boy tajribasi va o‘z ishiga bo‘lgan sadoqatining
amaliy natijasidir. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, bu yutuqlar barcha resurs
va imkoniyatlarimizni to‘la safarbar eta olganimizning natijasidir.
Bugun mana shu yuksak minbardan turib, barcha qishloq
mehnatkashlariga ularning mardligi va matonati, mamlakatimizning
taraqqiyoti va ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun o‘zimning chuqur
hurmatim va samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat
bag‘ishlaydi.
Mamlakatimizda, xorijiy davlatlar tajribasini chuqur o‘rgangan holda,
qishloq xo‘jaligini iqtisodiy isloh etish bo‘yicha o‘ta muhim chora-
tadbirlarning amalga oshirilayotgani, qishloqda bozor munosabatlarini joriy
Do'stlaringiz bilan baham: |