102
B korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar
tashkilot bo`linmasi sifatidagi holati tufayli unga «prinsipal» tomonidan belgilab
berilgan.
B korxonalar o`rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar
orqali - «prinsipal»ga murojaat etish orqali amalga oshiriladi. Ta’minot-sotish
aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning
ajratish yoki fondlash singari
mexanizmidan hosil bo`lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan
B korxona
mahsulotining asosiy iste’molchilari va yetkazib beruvchilari belgilanishidan
iborat.
B korxonaning ta’minot va sotish tarkibini mustaqil o`zgartirishga
urinishlariga «prinsipal» tomonidan keskin to`sqinlik qilindi.
B korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o`ziga xos.
Unda band
bo`lganlar sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa –
ishchi kuchining kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan
iqtisodiyotdagi boshqa har qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning
uchun korxona o`zining resurs, shu jumladan
ortiqcha bandlik shaklida - ishchi
kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda, tabbiyki,
B korxona o`zining barcha
xodimlarini ish bilan ta’minlashga qodir emas va ularga
tenglashtiruvchi hamma
ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to`laydi. Ishchidan egalik
funksiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta’sir ko`rsatish
imkoniyatidan mahrum etgan holda, qog`ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning
o`rnini ishlab topilmagan ish haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi.
2. A firma. Amerika firmasi yoki
A firma neoklassik darsliklar sahifalarida
tahlil qilinuvchi firmaning ideal xiliga ko`proq mos keladi.
A firma o`z
mahsulotiga raqobat tomonidan belgilangan narxda va ishlab chiqarish funksiyasi
bilan yoritiladigan xarajatlar tarkibida foydani ko`paytirishni maqsad qilib
qo`ygan. Hatto, agar qandaydir firmada raqobat bozorida
firmaning muvozanatini
to`g`ri hisoblab chiqa oladigan bironta ham xodim topilmasa ham, u bozorda o`zini
huddi neoklassik nazariyaning barcha qoidalari bo`yicha foydani ko`paytirgandek,
tutadi.
Foydani ko`paytirishga yo`naltirilish
A firma «prinsipali» - uning
aksiyadorlarining maqsadli funksiyasi bilan belgilangan. Aksiyadorlarning asosiy
manfaati bir aksiyaga hisoblangan o`z daromadini oshirishdan iborat, bu yil
yakuniga ko`ra korxonaning investitsiya qilinmagan foydasining miqdoriga
bog`liq. O`z
navbatida, foydaning miqdori «agentlar» -
A firmaning yollanma
menejerlarining harakatlari bilan belgilangan. «Prinsipal-agent» xilidagi o`zaro
munosabatlar menejerlar bilan yollanma xodimlar o`rtasida ham yuzaga keladi.
Aksiyadorlar bilan menejerlarning o`zaro munosabatlarida «prinsipal-agent»
muammosi ikkita muqobil mexanizm – «ovoz berish» va «chiqish» asosida hal
etiladi. Aksiyadorlar menejerlarning faoliyati ustidan navzorat qilish huquqini yo
aksiyadorlarning yillik yig`ilishida ishtirok etib va direktorlar kengashi tarkibini
o`zgartirish («ovoz berish») orqali yoki o`z aksiyasini sotib va bu bilan
menejerlarning harakatlarini ma’qullamasligini ifodalash («chiqish») yo`li bilan
amalga oshirishlari mumkin. Menejerlarga o`z xizmatlari bozori tomonidan
ko`rsatiladigan intizomiy ta’sir ushbu bozorda yuqori transaksiya
xarajatlari va
103
unda almashiladigan resurslar – boshqaruv ko`nikmalari va iqtidorlar o`ziga
xosligining yuqori darajasi tufayli, kam samarali hisoblanadi.
Ikkala muqobil variant - «ovoz berish» ham, «chiqish» ham o`zining qator
kamchiliklariga ega. Ovoz berish aksiyalarning kichik paketlari egalari uchun
«chiptasiz muammosi»ni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aksiyadorlar
yig`ilishning kun tartibini menejerlarning o`zlari nazorat qilishadi. Muvaffaqiyatsiz
boshqarilayotgan firma aksiyalarining sotilishi esa
hamma vaqt aksiyalarning
pasaytirilgan kursi tufayli mulkdorlarga zarar keltiradi.
«Ovoz berish» borasidagi ahvolni ishonchli ovoz berish amaliyoti
yordamida to`g`rilash mumkin, bunda kichik paketlar mulkdorlari o`z nomidan
ovoz berishni yirikroq paketlar mulkdorlariga ishonib topshiradilar. «Chiqish»
variantidan foydalanishni esa aksiyalarning birlashtirilgan paketlari oldi-sotdisiga
tender takliflaridan foydalanish orqali optimallashtirish mumkin.
Menejerlar bilan xodimlarning o`zaro munosabatlarida «prinsipal-agent»
muammosining hal etilishi
fordizm – Buyuk qatag`onlik davrida Genri Ford
tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi.
Menejerlar bilan yollanma xodimlarning o`zaro munosabatlari siyosati sifatida
fordizmning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat:
-
narxlarning o`sishiga qarab ish haqining indeksatsiyalanishini o`z
ichiga
oluvchi mehnatga haq to`lashning yuqori darajasi;
-
qat’iy ishlab chiqarish intizomi, bunda mashina (masalan, konveyer)
xodimning harakatlari ustidan nazorat qilish vositasi rolini o`ynaydi;
-
kasaba uyushmalari ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o`rtasidagi
nizoli munosabatlarda vositachi rolini bajarishadi;
-
bir tarmoqning o`ziga qarashli korxonalarda (masalan, «Ford» va
«General Motors» o`rtasida) kadrlar rotatsiyasining yuqori darajasi.
Va nihoyat,
A firmaning ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi
transaksiya xarajatlarini pasaytirish vazifasiga to`liq buysungan. «Integratsiya –
orqaga, oldinga va kombinatsiyalash – muqobil maqsadlarga qaraganda ko`proq
transaksiya xarajatlarini pasaytirish maqsadlari bilan bog`liq. Yetkazib beruvchilar,
xaridorlar, shuningdek ular bilan tuziladigan
shartnomaning xilini tanlash
firmaning shu onda bozorda yuzaga kelgan transaksiya xarajatlarining darajasini
pasaytirishga intilishini aks ettiradi. Masalan, go`sht mahsulotini tashish uchun
refrijerator texnika bilan ta’minlashga katta miqdordagi investitsiyalar zarurligi
bois, ko`pincha go`shtni qayta ishlovchi korxonalar tashish masalasini
refrijeratorlar parkini xarid qilgan holda, pudrat asosida hal etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: