shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo
huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan
shaxslar sudning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan
hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy
ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi
mumkin. Bundan tashqari, birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida
ko‘rilmagan ajrimlari ustidan kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi
qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va ishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sudning hal qiluv qaroridan alohida holda
shikoyat qilishi hamda prokuror protest keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |