Alohida tartibda ko‘riladigan ishlarning da’vo tartibida
ko‘riladigan ishlardan farqi:
Alohida tartibda ko‘riladigan:
Da’vo tartibida
ko‘riladigan ishlar:
Faqat sudga taalluqli bo‘ladi.
Sudga yoki tegishli davlat organlariga taalluqli bo‘ladi.
(Masalan, aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar agar
taraflar o‘rtasida kelishuv mavjud bo‘lsa notarial
organga).
Arizalar faqat arizachi yashab turgan joydagi sudga
beriladi.
Ariza odatda javobgar yashab turgan joydagi sudga
beriladi.
Prokuror ishtirok etishi shart bo‘lgan ishlar FPKda
ko‘rsatilgan (FPKning 307-moddasida fuqaroni
bedarak yo‘qolgan deb topish yoki fuqaroni o‘lgan
deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ishlar, FPKning 313-
moddasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan
deb topish yoki muomalaga layoqatsiz deb topish
to‘g‘risidagi ishlarda).
Da’vo tartibida ko‘riladigan ishlarda ham ayrimlarida
prokuror ishtirok etishi shartligi fuqarolik protsessual
qonunchilikda emas, balki boshqa qonun hujjatlarida
belgilangan (Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
to‘g‘risidagi ishlar, boshqa turar joy bermasdan
fuqarolarni uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlarda).
Sudning hal qiluv qarori shu ishni ko‘rib, hal qiluv
qarori chiqargan fuqarolik sudi tomonidan bekor
qilinadi (Masalan, FPKning 309-moddasi).
Sudning hal qiluv qarori yuqori sudlar tomonidan
apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilinadi
(FPKning 375, 377-moddalari). Agar sirtdan qabul
qilingan hal qiluv qarorini javobgar tomonidan qayta
ko‘rib chiqish to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa, mazkur
ariza sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, ushbu
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori shu sud tomonidan
bekor qilinishi mumkin (FPKning 289-moddasi).
Hal qiluv qarorlari darhol ijro etilmaydi.
Ayrim fuqarolik ishlari bo‘yicha qabul qilingan sudning
hal qiluv qarorlari darhol ijro etiladi (Masalan, alimentlar
undirish to‘g‘risidagi, xodimga uch oylik ish haqidan
ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi,
mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast
yetishi, shuningdek boquv-chisining o‘limi natijasida
ko‘rilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar undirish
to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda
bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda
boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash
to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor
qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi,
sudda ishni ko‘rish vaqtida javobgar da’voni butunlay
yoki qisman tan olganligiga qarab, to‘liq yoki qisman
qanoatlantirilgan talablar bo‘yicha qabul qilingan hal
qiluv qarorlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |